Get Mystery Box with random crypto!

Kunduzgi uyqu To'liq sakkiz soatlik tungi dam olishdan keyin | 🧠 UMURBAEV METHODS

Kunduzgi uyqu

To'liq sakkiz soatlik tungi dam olishdan keyin ham uxlash istagini mutaxassislar “gipersomniya” deb atashadi.

Somnolog, Roman Buzunovning so'zlariga ko'ra, kunduzgi uyqu agar “obstruktiv uyqu apneasi” sindromi alomati bo'lsa, u xurrak tufayli paydo bo'lishi mumkin. Bu holat qisqa vaqt ichida, o'n soniya davomida nafas olishni to'xtatishi bilan tavsiflanadi va kislorod yetishmasligi tufayli odamning miyasi “uyg'onadi”.

Shifokor ta'kidlaganidek, temir moddasi, D va V vitaminlari yetishmasligi kunduzgi uyqusirash va o'zini yomon his qilish holatlarini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, odam uxlayotganda doimo oyoq-qo'llarini harakatga keltirishi, ya'ni “bezovta oyoq” sindromi dam olish sifatini pasaytiradi va kunduzi uxlash istagini chaqiradi.

Agar ushbu alomatlardan biri uch oy davomida bezovta qilsa, sog'lom uyquni tiklash uchun mutaxassisga murojaat qilish lozim.

@umurbaevmethods