Get Mystery Box with random crypto!

Rossiyada ogʻir vaziyatga tushib qolgan oʻzbekistonliklarga bi | Mohira Nurullayeva

Rossiyada ogʻir vaziyatga tushib qolgan oʻzbekistonliklarga bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi

Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi “Mehr” loyihasini ishga tushirdi.

2020-yil 14-maydan Oʻzbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi va Rossiya hududlaridagi bosh konsulxonalari Rossiyada ogʻir vaziyatga tushib qolgan quyidagi toifa dagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining bir marta beriladigan moddiy yordam toʻlab berishni boshlaydi:

Nogironlar – tegishli tasdiqlovchi hujjat (maʼlumotnoma) taqdim etilgan taqdirda;

Qaramogʻida 2 yoshgacha farzandi boʻlgan hamda homilasi 7 oylikdan oshgan ayollar – zarur tasdiqlovchi hujjatlar (bolaning tugʻilganligi haqidagi guvohnoma, tibbiyot muassasasidan maʼlumotnoma) taqdim etilgan holda;

Koronavirus tasdiqlangan shaxslar – tegishli tasdiqlovchi hujjat asosida;

Rossiya oliy oʻquv yurtlari kunduzgi boʻlimlarida tahsil olayotgan talabalar – oʻqish joyidan tegishli maʼlumotnoma asnosida.

Mazkur yordam Rossiyada belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kelib chiqqan holda bir martalik pul mablagʻini toʻlab berish shaklida amalga oshiriladi.

Moliyaviy yordamni olish uchun elchixona tomonidan maxsus ishga tushirilgan oʻzbek va rus tillaridagi «mexr.rf» elektron portali orqali murojaat yuborish lozim.

Kanalga obuna boʻlish
https://t.me/umumjahonmatbuotkotibi