#Mulohaza Qiz bolaning qismati Qiz bolaning qismati palaxmon | Umr Falsafasi

#Mulohaza

Qiz bolaning qismati
Qiz bolaning qismati palaxmonga o‘qmidi,
Dada sizga sotgani boshqa narsa yo‘qmidi,
Ranjitdimmi sizni yo ozorlarim ko‘pmidi,
Dada sizga sotgani boshqa narsa yo‘qmidi.

Jonimsan jonim bolam deganingiz yolg‘onmi,
Jonni boshqa qo‘llarga berish shuncha osonmi,
Taqdirning bozorida qizning narxi arzonmi,
Dada sizga sotgani boshqa narsa yo‘qmidi.

Ko‘zingiz qarog‘ida gavhar kabi o‘sgandim,
Keng hovlining quchogida javxar kabi o‘sgandim,
Akamlardan ortiqroq men nima so‘ragandim,
Dada sizga sotgani boshqa narsa yo‘qmidi.

Yig‘lasam kuz yoshimga bardoshingiz yetmasdi
Siz rozi bo‘lmasangiz meni olib ketmasdi.
Qalin pulni ko‘p bergan qudangiz kutmasmidi
Dada sizga sotgani boshqa narsa yo‘qmidi.

Yot uyida begonaman duoyingiz hamrohim,
Meni yillab mehmon qilgan mezbonim dadajonim,
Yuragimning bir chetida turibdi bitta ohim,
Dada sizga sotgani boshqa narsa yo‘qmidi.

@Umr_Falsafasi
Umr Falsafasi

Umr Falsafasi

@umr_falsafasi
16.88K Obunachilar
Iqtiboslar Toifa
✍️ She'riyat 🖇 Falsafa 🌱 Psixologiya 📖 Mazmunli satrlar ❤️ Qalbga yaqin so‘zlar 📚 Mulohaza Reklama: @Umr_info...