Oradan ozgina vaqt o‘tsa bo‘ldi, Yodimdan mutlaqo o‘chsang ham | Umr Falsafasi

Picture 1 from Umr Falsafasi 2022-12-20 08:30:20
Oradan ozgina vaqt o‘tsa bo‘ldi,
Yodimdan mutlaqo o‘chsang ham  kerak!
Bechora yuragim zardobga to‘ldi,
Bir oz chidab bersa bo‘ldi shu yurak!

Kunlarim osuda, tunlarim sokin,
Boshimga qulab ham ketmadi falak!
Men hali sevib ham qolishim mumkin,
Bir oz chidab bersa bo‘ldi shu yurak!

Har ishda xayr bor, har ishda hikmat,
Balki ketishlaring baxtimdan darak!
Ustingdan Xudoga qildim shikoyat,
Bir oz chidab bersa bo‘ldi shu yurak!

Sen esa, kimlardan kechganingni bil,
Mendek yonib oshiq bo‘lar qay malak?!
Sendan yomon qoldi, ishonsang, ko‘ngil,
Bir oz chidab bersa bo‘ldi shu yurak!

Oradan ozgina vaqt o‘tsa bo‘ldi,
Yodimdan mutlaqo o‘chsang ham  kerak!

Malika Salimova

@Umr_Falsafasi
Umr Falsafasi

Umr Falsafasi

@umr_falsafasi
16.88K Obunachilar
Iltimoslar Toifa
✍️ She'riyat 🖇 Falsafa 🌱 Psixologiya 📖 Mazmunli satrlar ❤️ Qalbga yaqin so‘zlar 📚 Mulohaza Reklama: @Umr_info...