Get Mystery Box with random crypto!

Umr Ertagi 🍃

Telegram kanalining logotibi umr_ertagi — Umr Ertagi 🍃 U
Telegram kanalining logotibi umr_ertagi — Umr Ertagi 🍃
Kanal manzili: @umr_ertagi
Toifalar: Rasm va fotosuratlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 88
Kanalning ta’rifi

Shunchaki kuzating.....

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-15 05:28:02
Vafo degani nima edi u?..
Unutolmaslikmi?
Qiyin kunda orqa oʻgirmaslikmi?
Eshiklarni yopmaslikmi?
U yigʻlaganida, kulmaslik, har bir dardga u bilan birga koʻkrak tutish edi vafo...
Shunchaki gap emas, vafo u bilan hamhol boʻlish edi... Va tushunish edi vafo... Bir tikoning bor deya, gulni otmaslik edi vafo...

-
@umr_ertagi
5.4K views02:28
Ochish/sharhlash
2022-08-13 18:37:51
Muhabbat haqida aytilgan eng chiroyli so'z:

Agar Alloh ikkita qalbni birlashtirmoqchi bo'lsa, ularni birlashtiradi, hatto ular orasida osmondan yergacha bo'lgan masofa bo'lsa ham...)

@Umr_ertagi
6.1K views15:37
Ochish/sharhlash
2022-08-13 05:13:01
Sizga og‘riq berayotgan narsalarni Allohdan hadyalar, deb qabul qiling... Yodingizda tuting, albatta, Alloh sizni yaxshi ko‘radi. Shu sababli gunohlardan sizni poklash va O‘ziga yaqinlashtirish maqsadida sizni imtihon qilyapti...
Bas, Alhamdulillah, deb ayting..!

@Umr_ertagi
6.6K views02:13
Ochish/sharhlash
2022-08-12 12:02:58
Siz duo qilayapsiz-u, ammo u qabul boʼlmayapti deb oʼylaysiz...
Non olish uchun bir Novvoyning oldiga borasiz. (Nonning pishishini) kutib turar ekansiz, novvoy bilan suhbatlashib qolasiz...
Va siz xush suhbatligingizdan novvoyga yoqib qolasiz…
Novvoy boshqa mijozlarining istagini berib, ularni tezda-tezda joʼnatadi....
Bu orada siz istaganingizni ololmayotganingiz uchun siqila boshlaysiz.... Аmmo bilmaysizki, Novvoy sizga endi pishayotgan, chiroyli nonlardan bermoqchi ekanligini...

- Jaloliddin Rumiy

@Umr_ertagi
7.0K views09:02
Ochish/sharhlash
2022-08-12 05:27:58
Hech narsa abadiy emas, ketish bor...

@Umr_ertagi
6.0K viewsedited  02:27
Ochish/sharhlash
2022-08-11 18:47:14
Doim tabassum qiling...

Allohning bergan ne'matlariga shukr qiling...

Oilangiz bilan o'tirganingizda tabassum qiling, chunki oramizda oilali bo'lishni orzu qilayotganlar bor...

Ishga ketayotganingizda tabassum qiling, chunki ko'pchilik hanuz ish qidirib yuribdi...

Sog'-omon, ofiyatdaligingizda tabassum qiling, chunki oramizda har qancha narxga bo'lsa ham sog'liq sotib olishni orzu qilayotganlar bor...

Tirik bo'lganingizga, rizqingizni yeb yurganingizga tabassum qiling, chunki yaxshi ishlar qilib qolish uchun bir zumgina hayotga qaytishni orzu qilib yotgan qancha o'liklar bor...

Tabassum qiling, chunki duo qilsangiz, ijobat qiladigan Robbingiz bor, chunki kimlardur hayvonlarga sig'inib yuribti...

Tabassum qiling, chunki siz ayni o'zingizsiz... Sizdan boshqalar sizdek bo'lishni orzu qilishmoqda!

Tabassum qiling... hech bo'lmasa sadaqa qilgandek ajrga ega bo'lasiz ...

@Umr_ertagi
6.3K viewsedited  15:47
Ochish/sharhlash
2022-08-10 12:41:23
"Gohida sizga kelgan sinov azoblanishingiz uchun emas...
Tarbiyalanishingiz uchundir"...

Sabrni o‘rganishingiz uchundir...

Qadar ishida muvozanat borligini bilishingiz uchundir...

U dunyoga qo‘lingiz bo‘sh bormasligi, ajru savoblar yig‘ishingiz uchundir...

Qalbingiz yumshashi, undan chiroyli hislar o‘sib unushi uchundir...

@Umr_ertagi
5.8K viewsedited  09:41
Ochish/sharhlash
2022-08-09 18:45:32
Joynamoz uzrasiz...

Kimdir sizga achinadi, xayotning qaysidir tor ko‘chasida yiqilgan siz edingiz...
Cho‘k tushgan siz edingiz...
Yig‘lashgada uyalib, jim ketgan siz edingiz...
"Uning ko‘rgan kuni qursin" desalar ham, siz aslida yomon kun ko‘rmadingiz, shunchaki u kunlarda yomonlar kimligini ko‘rdingiz holos...

Joynamoz uzrasiz...

Qalbida Alloh ulug‘vor turganlar mag‘lub bo‘lmaydi, yutqazmaydi, ming birovlar achingan taqdir zahmatini cheksa ham qulamaydi...
Chunki ularning qulashi oldinga, faqat sajdaga!
O‘ziga yiqilganlarni u Zot yiqitmaydi...
Huv yiqilganingizda esa sizga saboq bor edi!

Joynamoz uzrasiz...

Kim nima desa ham-siz o‘z qalbingiz amrini bajarmoqdasiz...
Siz yolg‘iz emassiz-do‘stingiz bor.
Kimlardir suyangan devorlar nuraydi, orqadoshlar ketadi, tog‘lar kukun bo‘ladi.
Siz suyangan Zot esa Boqiydir!

Joynamoz uzrasiz...

@Umr_ertagi
6.3K views15:45
Ochish/sharhlash
2022-08-09 05:39:02
Daryo bo'lib yashang..!

Bir kuni ustoz o'zini baxtsiz hisoblaydigan, hamisha nolib yuradigan shogirdiga bir piyola suv bilan bir siqim tuzni uzatibdida, aralashtirib tatib ko'rishini so'rabdi.
Shogird ustozi aytganini qilibdi.

-Ta'mi qanaqa ekan? - deya so'rabdi ustoz.

Shunda shogird:
- Sho'rligi tilni o'yaman deydi.

Ustoz jilmayibdi va uni daryo bo'yiga olib boribdi.

Yana bir siqim tuzni uzatib debdi:
- Endi buni daryoga tashla-da, so'ng mazasini tatib ko'r.Shogird bu safar suvni xuzur bilan ichibdi.

Yigitning lablaridan tomayotgan tomchilarga qarab ustoz:
- Xo'sh mazasi qanday ekan? Sho'rligi sezildimi? - deb so'rabdi.
- Mazasi ajoyib. Sho'rligi ham sezilmadi.

Shunda ustoz shogirdiga shunday nasihat qilibdi:

- Hayot qiyinchiliklari xuddi tuz miqdoriga o'xshaydi.
Ko'p ham emas, kam ham emas. Faqat u aralashadigan qalbni kengroq qilmoq kerak.

Besh kunlik dunyoda bir piyola suv bo'lib emas, daryo bo'lib yashang aziz dindoshim....!

@Umr_ertagi
7.2K views02:39
Ochish/sharhlash
2022-08-08 17:02:21
Ba’zan....

Sukut saqlashga majbur bo‘lamiz... zaif bo‘lganimizdan emas, qadrdonlarimizni qattiq yaxshi ko‘rganimiz, ularni yo‘qotmaslik uchun...


Ba’zan....

Yaqinganlarimizga juda qattiq gapiramiz.. chunki ulardan xavotir olamiz.. ular so‘zlarimizni o‘qishadi.. qalbimizga nazar solishdan ojiz bo‘lishadi...

Ba’zan...

Xoli qolishni xohlaymiz... olamdan bizdan boshqa yo‘qdek o‘zimizni tutamiz... chunki shunday paytda halovatni topamiz...

Ba’zan...

O‘zimiz yaxshi ko‘rmagan, rozi bo‘lmagan narsalarga bardosh beramiz... Chunki uning zamirida biz sevganlarning xotirasi bo‘ladi...

Ba’zan...

O‘zimiz istamasak - da, boshqalar uchun tabassum qilamiz...

Ba’zan...

Yer shunchalik keng bo‘lishiga qaramay, bizga tor bo‘lib qoladi... Lekin biz, Alloh bizga jon tomirimizdan ham YAQIN ekanligini eslaymiz... va qalbimizga sakinat cho‘kadi. Nafs rozi bo‘ladi...

Zero... «Allohni zikri bilan qalblar orom olur» (Ra’d: 28 - oyat)

@Umr_ertagi
6.2K viewsedited  14:02
Ochish/sharhlash