Get Mystery Box with random crypto!

O'zingizdek bo'lib qoling... Kimdir sizni sevadi, kimdir esa | Umr Ertagi 🍃

O'zingizdek bo'lib qoling...

Kimdir sizni sevadi, kimdir esa chiday olmaydi... Biri kelib do'stingizga aylanadi, boshqasi esa dushmaningiz bo'ladi... Ba'zi kishilarning yurish-turishidan samimiyat ufuradi, ba'zi kishilarning tabiatida xasislik to'lib ko'rinadi... Kimdir sirlaringizni saqlaydi, kimdir esa gaplaringizni tashiydi... Biri yo'qligingizda o'zini-da sog'intirar, boshqasining tashrifi kamaymas... Ba'zi insonlarga dardingiz dard, sevinchingiz quvonch bo'lib yuqar ekan, ba'zi kishilarga esa dardingiz sevinch, sevinchingiz esa qayg'u bo'lib tatiydi... Undaylari ham, bundaylari ham mavjuddirlar... Boringki, shunaqalar ham bo'lsinlar... Agar siz O'ZINGIZdek bo'lib qola olsangiz va doimo go'zallik va ezgulikni nishon olsangiz, demak, yuzingizga bir tabassum sachrating va yashashda davom eting...

@Umr_ertagi