Get Mystery Box with random crypto!

Bu romantika emas, HAYOT! Ko’pchilik ijtimoiy tarmoqlariga sh | Akhtamov blogi

Bu romantika emas, HAYOT!

Ko’pchilik ijtimoiy tarmoqlariga shunday storieslar qo’yadi, buni ko’rganlar esa yon atrofdagilarga “mana baxt, mana romantika” deydi. Aslida esa…

Siz ko’rib turgan rasm — ishxonasida kechki ovqat qilmasdan, uyiga soat 01:00 da kelib, keyin toʻsatdan betob boʻlib qolgan bolasini yarim tunda doktorga olib borgan, tongga yaqin uyiga kelib, ishda qaytayotganda ayoli va bolasiga olgan narsalarni yeyayotgan otaning olgan rasmi.

Haqiqiy baxt — ayoling bilan romantika qilish emas, uyga vaqtida kelib, oila davrasida tushlik qilib, tinchgina uxlab-turib, oilasi tinchligiga shukr qilib, yana ishiga ketishdir.

P.S. Haqiqiy baxt haqidagi fikr menda shunaqa, sizdachi?

@samugjanov_blog