Get Mystery Box with random crypto!

Hammasini reja bilan qilishga urining Hayotda istalgan ish yo | Akhtamov blogi

Hammasini reja bilan qilishga urining

Hayotda istalgan ish yoki loyiha qilishdan oldin uni rejasini tuzing. Kichik ish boʻlsa xayolda, kattaroq ish boʻlsa qogʻoz yoki kompyuterda rejalashtiring (miro.com saytini taklif qilaman).

Kopiraytingda ham shunaqa, avval qadamlar belgilanadi, mijozni, bozorni, trendlarni va hokazoni oʻrganib keyin matn yoziladi. Tomdan tarasha tushgandek birdaniga yozilgan tekst na yaxshi natija beradi, na tajriba beradi.

P.S. Muammo qancha katta, imkonsiz koʻrinsada, oʻtirib reja tuzish oson va bu asosiy ahamiyatga ega jarayon.

@Akhtamov_blogi