Get Mystery Box with random crypto!

Umidbek Abilov

Telegram kanalining logotibi umidbek_abilov — Umidbek Abilov U
Telegram kanalining logotibi umidbek_abilov — Umidbek Abilov
Kanal manzili: @umidbek_abilov
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 164
Kanalning ta’rifi

Shaxsiy blogimga xush kelibsiz!
Xalqning yosh bir vakilining jamiyat o'zgarishidagi fikr, qarashlari va harakatlari haqida
• fb.com/umidbek.abilov.1
• twitter.com/umidbekabilov
• instagram.com/umidbekabilov
Murojaat uchun:
👉 @U_Abilov_Bot

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-05-20 18:22:32 Ish haqi va stipendiyalar miqdori oshirildi — Prezident farmoni

Prezident farmoni bilan shu yilning 1-iyunidan budjet tashkilotlari xodimlari ish haqi va stipendiyalar miqdori 12% miqdorida oshirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston hududida eng kam ish haqi miqdori oyiga 920 ming so‘m, bazaviy hisoblash miqdori — 300 ming so‘m etib belgilandi.

@umidbek_abilov
287 views15:22
Ochish/sharhlash
2022-05-07 10:05:07
#Aloqachilar_kuni #Tabrik

Bugun 7-may - Aloqachilar kuni munosabati bilan barcha soha vakillarini chin dildan tabriklayman. Fidokorona qilayotgan mehnatlaringiz samarasini ko'ring, sohani rivojlanishi yo'lidagi ishlaringizga rivoj va muvaffaqiyatlar tilab qolaman. Kasb bayramingiz muborak bo'lsin azizlar!

Hurmat bilan,
Umidbek Abilov


Do'stlarga ham ulashing
https://t.me/joinchat/Vwrdpjd4JYxN5tg4
335 views07:05
Ochish/sharhlash
2022-05-02 04:45:05
Assalomu alaykum qadrdonlarim, hurmatli dindoshlar!
Barchangizni muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ramazon oyining barokati, hayit ayyomining shukuhi fayzli xonadoningizni tark etmasin, sizni va oila a'zolaringizni Allohim hamisha o'z panohida asrasin. Doimo Allohning va bandalarning huzurida yuzingiz yorug', martabangiz ulug' bo'lsin! Barchangizga tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka va farovon hayot tilab qolaman. Ushbu saodatli onlarda qilayotgan toat-ibodatlaringiz va duolaringiz ijobat bo'lsin! Barcha-barchangizni ezgu niyatlar ro'yobga chiqadigan, xayrli amallar uchun behisob savoblar yog'iladigan, o'zaro birdamlik, do'stlik va ahillik tuyg'ulari tarannum etiladigan shukuhli Iyd-ul-Fitr bilan yana bir bor chin yurakdan tabriklab qolaman!

Hurmat bilan,
Umidbek Abilov!


Kanalga ulanish uchun
https://t.me/joinchat/Vwrdpjd4JYxN5tg4
646 views01:45
Ochish/sharhlash
2022-04-06 10:40:37
#motivation_time

Hech kim sizga buni aytmaydi, shunday ekan o'zingiz harakat qiling, izlaning, intiling va natijalarga erishing. Ajoyib motivatsion rolik bo'libti, sizlarga ham ilindim!

Do'stlarga ham ulashing
https://t.me/joinchat/Vwrdpjd4JYxN5tg4
840 views07:40
Ochish/sharhlash
2022-03-14 06:12:11Baliq boshidan - deganlaridek!

Agar o‘zgarishni maqsad qilgan bo‘lsangiz – yaponlardan o‘rnak oling. Biror yapon kompaniyasi og‘ir ahvolda qolsa, birinchi navbatda kompaniya prezidentining maoshi qirqib qolinadi. Agarda vaziyat juda ham jiddiylashib ketsa, aynan u iste’foga chiqadi. Yaponiyada ishdan bo‘shatishni xodimlardan boshlashmaydi. Yaponlarning fikricha, yomon askarlar bo‘lmaydi, faqat yomon generallar bo‘ladi.

Kanalga ulanish uchun
https://t.me/joinchat/Vwrdpjd4JYxN5tg4
423 viewsedited  03:12
Ochish/sharhlash
2022-02-17 08:16:25 Bilishingiz lozim bo‘lgan 10 ta haqiqat

Birinchi haqiqat:
Ijtimoiy zulmning eng ashaddiysi, ota-ona o‘zining betavfiq o‘g‘liga soliha kelin axtarishidir.

Ikkinchi haqiqat: Johil, bu o‘qish va yozishni bilmaydigan kimsa emas, haqiqiy johil, bu qiblaning qayerda ekanligini bilib, namoz o‘qimaydigan kimsa.

Uchinchi haqiqat: Uchta narsa ortga qaytmaydi: Og‘izdan chiqqan so‘z... O‘tgan vaqt... Yo‘qolgan ishonch...

To‘rtinchi haqiqat: Hayot misli katta bozor. Unda oralab yurib, o‘zingizga keragini olasiz. Lekin, shuni bilingki, oldingizda hisob-kitob turibdi, olgan hamma narsangizni haqqini to‘laysiz.

Beshinchi haqiqat: Ota-onangizga qilayotgan munosabatingiz siz yozayotgan kitobdir, ertaga farzandlaringiz uni o‘zingizga o‘qib beradilar.

Oltinchi haqiqat: Sizdan narsasini berkitayotgan kishidan u haqda so‘rashingiz odobdan emas. Chunki, odatda sizga oshkor bo‘lmagan narsa, sizga xos emas.

Yettinchi haqiqat: O‘lim sizni o‘nglanishingizni kutib turmaydi, balki siz o‘nglanib o‘limni kuting.

Sakkizinchi haqiqat: Mazlum kimsaning "hasbiyallohu va ni’mal vakil" (Alloh menga kifoya qiladi va u yaxshi vakildir) degan so‘zining ma’nosini bilasizmi? U hukm daftarini yerdan osmonga ko‘chirdi deganidir.

To‘qqizinchi haqiqat: Ba’zilar Alloh taolo muhofaza qiluvchilarning eng yaxshisi ekanligidan ko‘ra, ko‘z tegishi haq ekanligiga ko‘proq imon keltiradilar.

O‘ninchi haqiqat: Soqov Allohning Kitobini tilovat qilishni orzu qiladi. Kar Uni eshitishni orzu qiladi. Ko‘r Unga qarashni orzu qiladi. Bizni esa, telefonlarimiz halok qilayozdi.

Manba: Sirli_uzz

Do'stlarga ham ulashing
https://t.me/joinchat/Vwrdpjd4JYxN5tg4
563 viewsedited  05:16
Ochish/sharhlash
2022-01-06 10:30:05 ​#МULOHAZA

... Ishdan uyiga qaytganda ayoli bilan har galgidan ko‘ra qattiqroq JANJAL bo‘ldi...
Lekin, bu safar ayol "taloq" berishini talab qildi... Uni talabiga binoan cho‘ntagidan qog‘oz-qalam chiqarib bir nimalarni yozdi va uni konvert ichiga solib, ayoliga tutqazdi...

... Gʻazabi kelib, uydan ZARDA bilan chiqib ketdi.

Ayol unga nima yozilganini bilmasdi...
Ochib ko‘rishga yuragi dosh bermas, bir zumda nimalar qilib ko‘yganini, endi qayerga, kimnikiga borishini, hayotini qanday davom ettirishini o‘ylab dahshatga tushdi...
O‘zi istamagan holda hayotini barbod etganini his qilib, oyoq - qo‘lari bo‘shashib, holsiz yiqildi. U shunday KARAXT holida ko‘p o‘tirdi...
Nogoh eshik ochilib eri kirib keldi...

Biror so‘z demasdan o‘z xonasiga kirdi. Ortidan ayol ham kirib bordi...

... Xafa, siniq ovozda: Olim kishilardan fatvo so‘rashni, qilgan ishidan afsusda ekanligini, talog‘ini talab qilishni istamaganini, bilmasdan og‘zidan chiqib ketganini aytdi...
Eri:
- Qilgan ishingdan afsusdamisan..? - dedi.
Ayol:
-Ha, ha, afsusdaman. Judayam afsusdaman... Qasam ichaman, taloqni nazarda tutmagandim,- dedi.
Shunda eri:
- Konvertni ochib xatni o‘qi, - dedi...

Unda shunday yozilgandi:
~ «Men, falonchiyev falonchi, aqlu - xushim joyida bo‘lgan holda shuni yozmoqdaman: Ayolimdan nima bo‘lgan taqdirda ham hech qachon ajrashmayman. Uni hech qachon tashlab ketmayman...
Undan boshqasiga uylanib yashashni istamasligim muqarrar..»,

... Ayolning ko‘z yoshlari sizilib chiqib yonoqlarini yuvib tushdi. Boshini ko‘tarib erining yuziga karashga JUR’AT topolmadi...
Eri:
- Har doim ham mushkillarimiz taloq bilan hal bo‘lmaydi. Lekin o‘zaro muhabbat, mehr-oqibat bilan masalalarni yechsa bo‘ladi, - dedi.

Ibrat:

Agar ayolingiz g‘azabingizni keltirsa, Allohni eslang...!
Gʻazabni boshqara olishga ayol kishidan ko‘ra ko‘proq qodir ekanligingiz uchun, taloq berish huquqini Alloh ungamas, sizga berdi...

Agar eringiz g‘azabingizni keltirsa, Allohni eslang...!
Er kishidan ko‘ra ko‘proq sabr qila olganligingiz uchun Alloh jannatni sizning oyoqlaringiz ostiga qilib qo‘ydi...

Hayotingizni GO‘ZAL o‘tkazish ikkingizning qo‘llaringizda...
Shu ozgina hayotni do‘zaxga aylantirmay, chiroyli yashang...
Sizdan nima ketdi..!?

Do'stlarga ham ulashing
https://t.me/joinchat/Vwrdpjd4JYxN5tg4
410 views07:30
Ochish/sharhlash
2021-12-16 15:10:00
Farzandlaringizga ko'proq e'tibor qarating!

Hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri ajoyib talqinda yoritilibdi, shunchaki Respect

Yaqinlaringizga ham ulashing
https://t.me/joinchat/Vwrdpjd4JYxN5tg4
474 views12:10
Ochish/sharhlash
2021-12-13 05:45:28 Sen dangasa emassan

1. Shunchaki zerikish nimaligi bilmaysan. Miyang stimullarga to'lib ketgan. O'zi miya doim biron nima bilan mashg'ul bo'lgisi keladi. Muammolarni yechish, idea o'ylash, ish bajarish, xayol surish, atrofni tahlil qilish.

2. Zerikishni boshlasa albatta yuqoridagilarni biri bilan shug'ullanishni xohlaydi. Lekin...

3. Oxirgi marta qachon zerikkanding? Qancha vaqtga? Javob ancha oldin va juda qisqa vaqtga bo'lib chiqadi.

4. Hozirgilar zerikish paydo bo'lishi bilan smartfoniga qo'l uzatishadi. Zaryadning tugashi och qolishdan ham qo'rqinchliroq. O'zingni va tanishlaringni telefonini titkilab ko'r - ekranga kuniga 6-8 soat qarayotgan bo'lib chiqishadi. Hammamizda shunday.

5. Miyamiz doimiy stimul, yangilik, qiziqarli lekin kerakmas ma'lumotlarga to'lib ketgan. Vaholanki senga ma'lumot emas, 4 oydan beri qalashib yotgan ishlaringni qilish muhimroq.

6. Ishlashni o'rganmoqchimisan? - zerikishni o'rgan. Buning uchun smartfoningni yaqin do'stingga ber. Ishing (kitob, kurs, blog, dars) tugagandan keyin qaytarib bersin.

7. Ha, ha, seni dangasalikda gumon qilayotgan har qanday odamga shu maqolani ko'rsatishing mumkin. Sen aslida dangasa emassan, zerikishni bilmaysan xolos.

azizrakhimovblog

Kanalga ulanish uchun
https://t.me/joinchat/Vwrdpjd4JYxN5tg4
417 viewsedited  02:45
Ochish/sharhlash
2021-12-08 12:35:00
«Toshkent yoshlarni sevadi»: poytaxtda Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan yoshlar uchun mega shou o'tkaziladi

9-dekabr, soat 18:00da Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri maydonida
estradamizning yorqin yulduzlari ishtirokida unutilmas va takrorlanmas onlarga boy bo‘lgan mega shou bo'lib o'tadi.

Qishning sovuq kunlarida yoshlarga qaynoq va unutilmas haroratni taqdim etish uchun, ularning kayfiyatini yanada ko‘tarish maqsadida Toshkent shahar hokimligi ko‘magida poytaxtda mazkur mega shou tashkil etilmoqda. Kirish mutlaqo bepul!

Do'stlarga ham ulashing
https://t.me/joinchat/Vwrdpjd4JYxN5tg4
506 viewsedited  09:35
Ochish/sharhlash