Get Mystery Box with random crypto!

Endi farqi yo’q) Maktab paytidan boshlab atrofingdagi hammani | Umidbek Abilov

Endi farqi yo’q)

Maktab paytidan boshlab atrofingdagi hammani sen haqingdagi fikri sen uchun muhim bo’lib boradi. Yoqishga harakat qilasan. Moslashish uchun o’zing yoqtirmagan ishlar, keraksiz xarajatlar qilasan.

Odamlarga yoqishga harakat qilish — xatolarning boshi. Riyo, yolg’on, xohlagan ishingni emas, status beradigan ishlarni qilishga olib boradi u.

Eng qizig’i odamlarga yoqish uchun harakat qilmaydiganlarni odamlar yaxshi ko’raveradi. Samimiylik uchun bo’lsa kerak.

30 yoshlar atrofida barchaga yoqib bo’lmasligini, o’zi yoqish shart ham emasligini tushunasan. Sen uchun muhim odamlar yaxshi ko’rsa bo’ldi. Endi farqi yo’q. Yaxshi ko’rganni — sen ham yoqtirasan, yoqtirmaganga qo’l siltaysan.

Shuni qancha vaqtli tushunib yetsang, shuncha yaxshi. Ancha asabing va puling tejaladi.

Do'stlarga ham ulashing
https://t.me/joinchat/Vwrdpjd4JYxN5tg4