Get Mystery Box with random crypto!

#Мulohaza Poyezdda atigi beshta yo‘lovchi bor edi. Besh taqdi | Umidbek Abilov

#Мulohaza

Poyezdda atigi beshta yo‘lovchi bor edi. Besh taqdir, besh o‘y - hayol.

Chol o‘ylardi: "Umrim shu poyezd misol o‘tdi-ketdi-ya..."

Bemor o‘ylardi: "Osmon buncha rutubatli bo‘lmasa, ertaga shuni ham ko‘ramanmi, yo‘qmi?"

Yigit o‘ylardi: "U bilan shu lolazorda abadiy qolsam edi..."

Qarzdor o‘ylardi: "Shu lolalarni pullasam, qancha bo‘larkin?"

Ona o‘ylardi: "Farzandlarim sog‘mikan? Kech tushmasdan bolalarimning oldiga yetib borsam edi..."

Poyezd esa shitob bilan yelib borar edi.

Kanalga ulanish uchun
https://t.me/joinchat/Vwrdpjd4JYxN5tg4