Get Mystery Box with random crypto!

#Yuqori_Chirchiq #15_maktab #Eng_namunali_sinf_rahbari    J | Умида Облакуловна

#Yuqori_Chirchiq
#15_maktab
#Eng_namunali_sinf_rahbari

   Joriy yilning 3-fevral kuni XTB tasarrufidagi 15-umumiy o‘rta ta'lim maktabida Xalq ta'limi bo‘limi va tuman hokimiyati tashabbusi bilan ilk bora o‘tkazilayotgan "Eng na'munali sinf rahbari" ko‘rik-tanlovining maktab bosqichi o‘tkazildi. Sinf rahbarlarining ijodiy ishlari quyidagi 5 ta mezon asosida baholandi:
Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo'nalishi;
ota-onalar va mahalla bilan hamkorlik vo'nalishida;
o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, maktabdan va sinfdan tashqari faoliyatga jalb etish yo‘nalishida;
o‘quvchilarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimini takomillashtirish yo'nalishida;
pedagogik jamoa bilan birgalikda ishlash.

   Yakuniy bosqichda qatnashgan 5 nafar ishtirokchilar orasidan 9-B sinf rahbari Chinarbekova Muhayyo g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tuman bosqichiga yo‘llanma oldi.
https://t.me/Yuqori_Chirchiq_XTB_Manaviyat