Get Mystery Box with random crypto!

Умида Облакуловна

Telegram kanalining logotibi umida_oblakulovna — Умида Облакуловна У
Telegram kanalining logotibi umida_oblakulovna — Умида Облакуловна
Kanal manzili: @umida_oblakulovna
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 220

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-04-16 21:04:16
Ҳаёт йўлимда учраган ҳар бир инсондан миннатдорман. Кимгадир яхши намуна учун, кимгадир савоб учун, кимгадир сабоқ учун. Яхши инсонларга эса, бу дунёда борликлари учун!
248 views18:04
Ochish/sharhlash
2023-04-16 12:29:43
Бу видео роликни кўриб тугатгунча куз ёшларим тинмади , сизлар кўринг ..., отасими, онасими ўқитувчи бўлганлар бор орамизда, албатта уларга кўрсатинг ,улар хам йиглаб кўрсаларда аммо кўнгиллари яйрайди мехнатлари мукофоти жаннатлигини билиб (Оллоҳ билгувчидир) хизматларига рози бўлишади иншооллоҳ
Оллоҳ ҳар нарсани билгувчидир
2.4K views09:29
Ochish/sharhlash
2023-03-09 22:51:36

126 views19:51
Ochish/sharhlash
2023-02-26 05:29:14 Channel name was changed to «Умида Облакуловна»
02:29
Ochish/sharhlash
2023-02-14 13:21:03
217 views10:21
Ochish/sharhlash
2023-02-12 16:10:59
“Илгари имтиҳонларни топшириш учун фақат битта имконият бериларди” — мактаб таълимида енгиллашган малака ошириш

2021 йилдан қатъий режим ва қоғозбозликка асосланган малака ошириш курслари даврийликдан узлуксизга ўтказилди. Ўқитувчилар истаган вақтида касбий ривожланишига шароит яратилди, кириш-чиқиш тестлари ҳамда малака ишлари бекор қилинди.

ВИДЕОНИ САЙТИМИЗДА КЎРИНГ
174 views13:10
Ochish/sharhlash
2023-02-12 13:22:03
Mana so‘nggi 4 kun davomida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 10 mingdan ortiq maktab rahbarlari, ular orqali o‘qituvchilarga vazirlik oldiga qo‘ygan missiyalarni yetkazish maqsadida "Zamonaviy maktab liderlar nigohida" loyihasini amalga oshirdi.

Xo‘sh, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi o‘z oldiga qanday vazifalar qo‘ymoqda?

Birinchi maqsad — vazirlik tizimidagi barcha ta'lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirish;
Ikkinchi maqsad — zamonga moslasha oladigan, ta'limda innovatsiyalar qilishga qodir zamonaviy pedagog kadrlar uchun kasbiy rivojlanish muhitini yaratish;
Uchinchi maqsad — tizimda shaffoflikni ta'minlash maqsadida jamoatchilik, ota-onalar, o'qituvchilar va barcha manfaatli tomonlar bilan kommunikatsiya o‘rnatish.

“Liderlar haftaligini” boshlash avvalida bizda kuchli hayajon bor edi. Ijtimoiy tarmoqlarda treninglarda ishtirok etgan direktorlarning taassurotlarini o‘qir ekanman, qaysidir ma'noda oldimizga qo‘ygan maqsadga erishish uchun ilk qadamni to‘g‘ri qo‘yganimizga amin bo‘ldim.

Loyihamizning asosiy maqsadi nima edi? Jamoada sog‘lom muhit yaratib, bir maqsad atrofida birlashtira oladigan, shaffoflikni har narsadan ustun qo‘yadigan, zamon bilan hamnafas, jahon standartlaridan xabardor liderlarga aylanishiga turtki berish bilan birgalikda direktorlarning maktab ta'limini rivojlantirish bilan bog‘liq fikrlariga quloq tutish edi.

Albatta 4 kun bu juda kam, lekin bu ilk qadam va bu yo‘nalishdagi ishlar doimiy ravishda davom etadi. Biz esa ta'lim sifatini ko‘tarishda, sifatli tizim yaratishda fidoyi o’qituvchilar, biz bilan hamkorlikka tayyor ota-onalar hamda halol, jonkuyar, o‘z ishini sevadigan shijoatli maktab liderlariga suyanamiz. Vazirlik esa o‘z o‘rnida turli tashkilotlarning maktab faoliyatiga aralashuvlariga chek qo‘yish ustida doimiy ish olib boradi.

Unutmang, bugun biz ta'lim va tarbiya berayotgan bolalar ertaga bizning kelajagimizni quradi!
173 views10:22
Ochish/sharhlash
2023-02-12 11:57:35
#МашаАллох

Одамлар бор хайвон ундан яхшидир.Шу хайвонга ҳам ақл заковат берган Аллоҳга ҳамдлар бўлсин

Сеул ҳайвонот боғида икки фил ҳовузга чўкиб кетган фил боласини қутқариб қолди

Канал @Birinchi_uz1

Интернет Магазин
@Zorro_magazin
200 views08:57
Ochish/sharhlash
2023-02-11 16:13:51
1-синф ўқувчиларига бериладиган таътил муддатлари ва берилиш тартиби ўзгармаган.

Ўзбекистон Респубилкаси Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 15 мартдаги 140-сонли қарори 4-боби ҳамда Халқ таълими вазирининг 2021 йил 24 декабрдаги 414-сонли буйруғи якунловчи қоидаларида февраль ойи давомида қўшимча таътил берилиши назарда тутилган буйруққа асосан таълим муассасаларида таълим олаётган 1-синфларга февраль ойининг 3-ҳафтаси 13 февралдан 17 февралгача қўшимча таътил сифатида белгиланган.

Синф рахбарлар ҳамда ота-оналар гуруҳларига етказинг.

Ўқитувчи каналига обуна бўлинг
https://t.me/+KzysPSHcaRVlMGQy
102 views13:13
Ochish/sharhlash
2023-02-10 09:24:25 Endilikda eksternat tartibida imtihon topshirishda ariza berish uchun maktabga borishning hojati yo‘q

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan soha faoliyatiga oid qator jarayonlarni raqamlashtirish orqali aholiga qulaylik yaratishda muhim ishlar amalga oshirilmoqda.

Natijada yurtdoshlarimiz maktablarga borish, turli ko‘rinishdagi hujjatlarni arxiv maskanlaridan qidirib topish kabi ortiqcha ovoragarchilikdan xalos bo‘lmoqda.

Bugungi kunga qadar turli sabablarga ko‘ra umumiy o‘rta ta’limni yakunlay olmagan, aniqroq aytganda, maktabni to‘liq bitirmagan fuqarolarning eksternat tartibida imtihonda ishtirok etish uchun ariza topshirishi uzoq va hujjatbozlik talab etadigan jarayon hisoblangan.

O‘tgan o‘quv yilida 11 mingdan ortiq fuqaro eksternat tartibida ariza topshirish uchun kamida 3 marotaba maktabga borishga majbur bo‘lgan.

Arizalar 2023-yilning 1-martidan 1-mayiga qadar (shu kuni ham) o‘z uyidan chiqmagan holda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn topshiriladi, natija 2 kunda fuqaroga ma’lum qilinadi. Eng muhimi, davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.

Shuningdek:

fuqaro faqat baholar tabeli va ma'lumotnomani elektron shaklda topshiradi (avval hujjatlar soni 5 ta bo‘lgan);

arizalar 2 kunda ko‘rib chiqilib, natijasi fuqaroga onlayn yuboriladi.

Yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarga davlat namunasidagi shahodatnoma beriladi.

Eslatib o‘tamiz:
ushbu davlat xizmati joriy yilning 1-martidan ishga tushiriladi va 1-mayga qadar davom etadi.

Joriy o‘quv yilida eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan maktablar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun: hozirda maktab ta’limiga oid quyidagi davlat xizmatlari mavjud:

dublikat shahodatnoma olish;

chet elda umumiy o‘rta ta’lim ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish (nostrifikatsiya) uchun ariza berish;

chet el va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning farzandlarini maktabga joylashtirish uchun ariza berish.
172 views06:24
Ochish/sharhlash