Get Mystery Box with random crypto!

Topgan shuhratinga kerilma aslo, Mol-u davlatlarga berilma as | UMID MAMADALIEV SHERLARI

Topgan shuhratinga kerilma aslo,
Mol-u davlatlarga berilma aslo,
O‘zingni bilmagin ey inson tanho,
Bir kun vaqting tugab bo‘larsan ado.

Yaxshilik qilgin-u qilmagin minnat,
Dunyoda boylikdan umringdir qimmat,
Baxtli yashamoqlik go‘zal fazilat,
Baxl bo‘lmoqlik bu eng yomon illat.

Ko‘zlaringni ochib qo‘yar yo‘qchilik,
Seni adashtirgan bilgin to‘qchilik,
Mehmonmiz dunyoga bizlar ko‘pchilik,
Omonat dunyoda omon bo‘laylik.

Sher muallifi: Umid Mamadaliyev