Get Mystery Box with random crypto!

Mol-u davlatingiz bari o‘tginchi, Unutmang ey inson hamma ket | UMID MAMADALIEV SHERLARI

Mol-u davlatingiz bari o‘tginchi,
Unutmang ey inson hamma ketguchi,
Tuproqdan bo‘lganmiz tuproq yutguchi,
Boylikka ishonmang qo‘ldan ketguchi.

Nolimang ollohning berganlariga,
Ko‘z tikmang g‘aribning topganlariga,
Kulmang yetimlarning aslo holiga,
Ozor bermang dunyoda inson zotiga.

Ko‘zingiz o‘ynatmang o‘zga yoriga,
Aldanmang ularning hiyla noziga,
Yolg‘onlar gapirsa kirmang so‘ziga,
Olloh insof bersin ayol zotiga.

Ota onangizni qadriga yeting,
Farzanlaringizga mehringiz bering,
Savoblar yog‘ilar ollohdan kuting,
Sizni suyganlarni qo‘lidan tuting.

Sher Muallifi: Umid Mamadaliyev