Get Mystery Box with random crypto!

Onam jannatimsiz Otam davlatim Dunyoda eng buyuk nematim, Sh | UMID MAMADALIEV SHERLARI

Onam jannatimsiz Otam davlatim

Dunyoda eng buyuk nematim,
Shular mening duogo‘ylarim,
Poyingizga jonimni to‘shay,
Onam jannatimsiz otam davlatim.

Mehribonim so‘zlari bolim,
Onam mening baxtu kamolim,
Otam mening pirviqor tog‘im,
Onam jannatimsiz otam davlatim.

Tunlari hech uhlamay kutgan,
Meni o‘ylab g‘amlarni yutgan,
Azoblarning qo‘lidan tutgan,
Onam jannatimsiz otam davlatim.

Mehringizdan yashnab yurubman,
Otam bor deb shodon kulyabman,
Siz borsiz men davru davron suryabman,
Onam jannatimsiz otam davlatim.

Sher Muallifi Umid Mamadaliyev