Get Mystery Box with random crypto!

Yuragimda to‘la dard, Aylanmoqda alamga, Men esa ko‘ngil ber | UMID MAMADALIEV SHERLARI

Yuragimda to‘la dard,
Aylanmoqda alamga,
Men esa ko‘ngil berdim,
Bevafo bir sanamga.

Gulim dedim uni suyib,
Kul bo‘ldim yonib kuyib,
Ko‘ksim o‘yar dard tilib,
Suygandim men mard bo‘lib.

Bir kun meni sog‘inar hali,
Ko‘zlarida yosh bilan to‘kilar alamlari,
Balki taqdir peshona yaxshisi topilar xali,
Bo‘ldi endi kuymayman bevafoni sevmayman,
Sev deya yuragimga endi buyruq bermayman.

Qo‘shiq qilaman deganlar uchun

Sher muallifi Umid Mamadaliyev