Get Mystery Box with random crypto!

UMFT | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi umftuz — UMFT | Rasmiy kanal U
Telegram kanalining logotibi umftuz — UMFT | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @umftuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.97K
Kanalning ta’rifi

University of Management and Future Technologies
Onlayn hujjat topshirish: umft.uz/admit
☎️ Telefon: 998555068888
📩 Murojaat uchun: @umft_support
🌐 Veb-sayt: umft.uz
- instagram.com/umft.uz
- facebook.com/umft.uz
📍 yandex.uz/maps/-/CCUbmBheHA

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2023-04-01 16:07:08 Live stream finished (1 hour)
13:07
Ochish/sharhlash
2023-04-01 09:15:19 Live stream scheduled for Apr 1 at 12:00
06:15
Ochish/sharhlash
2023-04-01 07:55:10
Barcha savollarga javob beramiz!

UMFT universiteti ma'muriyati murojatlarning ko'pligini hisobga olgan holda, barcha o'z savoliga to'liq va aniq javob olishi uchun Telegram orqali jonli efir o'tkazadi. Grant o'rinlari tanlovida qatnashishga aloqador barcha savollarga javob beriladi.

Efir 1-aprel kuni 17:00 dan 18:00 ga qadar bo'ladi.
8.0K views04:55
Ochish/sharhlash
2023-03-31 10:20:14 Abituriyentlar diqqatiga!

Tanlov o'tkazilish tartibi va shartlari bilan ushbu video orqali batafsil tanishib oling.



3.9K views07:20
Ochish/sharhlash
2023-03-30 18:13:04
UMFT universitetiga o'qishga kirishning ikki usuli.

UMFT universitetida o'qish uchun abituriyentlar 2 xil usulda ariza jo'natishlari mumkin.

1-usul: Telegram Bot orqali.

180 nafar grant o'rinlari tanlovida qatnashish uchun abituriyentlar Telegram bot orqali ro'yxatdan o'tishadi.

Grant tanlovi shartlari bilan batafsil bu yerda tanishib olishingiz mumkin.

Kimlar uchun: UMFT universitetida grant asosida kunduzgi ta'lim shaklida o'qish istagida bo'lgan abituriyentlar.

2-usul. Universitet veb-sayti orqali.

UMFT universitetida o'qish istagida bo'lgan barcha yoshlar universitet veb-sayti orqali ariza jo'natishlari mumkin.

Qabul shartlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Kimlar uchun: UMFT universitetida kunduzgi yoki sirtqi ta'lim shaklida shartnoma asosida o'qimoqchi bo'lgan abituriyentlar.

Telefon +998555068888
Murojaat uchun : @umft_support
Veb-sayt: www.umft.uz
4.1K views15:13
Ochish/sharhlash
2023-03-28 13:23:23
180 grant o'rinlari uchun tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?

Tanlovda ishtirok etishi mumkin bo'lgan qatnashchilar:
11-sinf o'quvchilari;
akademik litsey bitiruvchi sinflarida o'qiyotgan o'quvchilar;
kasb-hunar maktabi bitiruvchi sinflarida o'qiyotgan o'quvchilar;
maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktablarini bitirgan o'quvchilar;

Tanlovda ishtirok etishi mumkin bo'lmagan qatnashchilar:
talabalar;
oliy ma'lumot to'g'risidagi hujjatga ega bo'lgan mutaxassislar;
o'qituvchilar;
matematika bo'yicha respublika va xalqaro fan olimpiadalari sovrindorlari;

Tanlovning to'liq o'tkazilish tartibi va shartlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun UMFT Grant Bot orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi.

Ro'yxatdan o'tish muddati 2023-yil 5-aprelga qadar.

Telefon +998555068888
Murojaat uchun : @umft_support
Veb-sayt: www.umft.uz
1.2K views10:23
Ochish/sharhlash
2023-03-27 15:15:11
Grant tanlovi uchun ro'yxatdan o'tish yo'riqnomasi!

Qatnashchilar shaxsiy ma'lumotlarini to'liq va to'g'ri kiritishlari talab etiladi. Ushbu ma'lumotlar faqat tanlov jarayonlarini tashkillashtirishda foydalaniladi.

Qo'shimcha ma'lumot va yordam uchun @umft_support ga murojaat qilishingiz mumkin.
1.7K viewsedited  12:15
Ochish/sharhlash
2023-03-27 07:26:11
UMFT universitetida 180 nafar talaba uchun grant o'rinlari.

University of Management and Future Technologies oliy ta'lim muassasasi iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida 2023-2024-o'quv yili kunduzgi ta'lim shakliga 180 ta grant o'rinlari uchun tanlovni e'lon qiladi.

Talabalar 3 bosqichli tanlov asosida saralab olinadi. Yakuniy natijalarga ko'ra eng yuqori ball to'plagan:
birinchi 30 nafar qatnashchiga 75%;
keyingi 60 nafar qatnashchiga 50%;
navbatdagi 90 nafar qatnashchiga 25% lik grantlardan biri taqdim etiladi.

Tanlovda ishtirok etishni istaganlar quyidagi bakalavriat yo'nalishlaridan birida ta'lim olish uchun 2023-yil 27-martdan 5-aprelga qadar ro'yxatdan o'tishlari mumkin.
Dasturiy injiniring
Infokommunikatsiya injiniringi
Raqamli iqtisodiyot
Moliya va moliyaviy texnologiyalar

Tanlovda ishtirok etish uchun UMFT Grant Bot orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi.

Tanlov o'tkazilish tartibi va shartlari bilan batafsil universitet vebsayti orqali tanishishingiz mumkin.
www.umft.uz/grant

Telefon +998555068888
Murojaat uchun : @umft_support
Veb-sayt: www.umft.uz
5.3K viewsedited  04:26
Ochish/sharhlash
2023-03-21 11:04:17
Barcha yurtdoshlarimizni ezgulik va yasharish ayyomi boʻlmish “Navroʻz” umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.

Ushbu kunda Sizlarni quvonch va shodlik tark etmasin!
8.5K views08:04
Ochish/sharhlash
2023-03-16 16:45:55
UMFT universitet haqida 3 ta fakt.

Universitet 2023-2024-o'quv yilidan boshlab iqtidorli talabalarga grantlar ajratadi va qo'llab quvvatlaydi.

Universitet bitiruvchilari diplom bilan birgalikda mutaxassisligi bo'yicha xalqaro sertifikat ham olishadi.

Universitet maxsus jihozlangan kibersport studiyasiga ega bo'lib turnirlar tashkil etadi.

Telefon +998555068888
Murojaat uchun : @umft_support
Veb-sayt: www.umft.uz

Universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Instagram | Facebook |Telegram
20.2K views13:45
Ochish/sharhlash