Get Mystery Box with random crypto!

UMFT universitetiga o'qishga kirishning ikki usuli. UMFT uni | UMFT | Rasmiy kanal

UMFT universitetiga o'qishga kirishning ikki usuli.

UMFT universitetida o'qish uchun abituriyentlar 2 xil usulda ariza jo'natishlari mumkin.

1-usul: Telegram Bot orqali.

180 nafar grant o'rinlari tanlovida qatnashish uchun abituriyentlar Telegram bot orqali ro'yxatdan o'tishadi.

Grant tanlovi shartlari bilan batafsil bu yerda tanishib olishingiz mumkin.

Kimlar uchun: UMFT universitetida grant asosida kunduzgi ta'lim shaklida o'qish istagida bo'lgan abituriyentlar.

2-usul. Universitet veb-sayti orqali.

UMFT universitetida o'qish istagida bo'lgan barcha yoshlar universitet veb-sayti orqali ariza jo'natishlari mumkin.

Qabul shartlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Kimlar uchun: UMFT universitetida kunduzgi yoki sirtqi ta'lim shaklida shartnoma asosida o'qimoqchi bo'lgan abituriyentlar.

Telefon +998555068888
Murojaat uchun : @umft_support
Veb-sayt: www.umft.uz