Get Mystery Box with random crypto!

Ulmasbekbooks | Blog

Telegram kanalining logotibi ulmasbekbooks — Ulmasbekbooks | Blog U
Telegram kanalining logotibi ulmasbekbooks — Ulmasbekbooks | Blog
Kanal manzili: @ulmasbekbooks
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 34
Kanalning ta’rifi

👍Shunchaki shaxsiy qarashlar, fikrlar, o'ylar (har sohada)...
📚 Kitoblar haqida suhbatlar
📧Murojaat uchun: @deylsbot
Beemalol yozavering shunda☝ kutaman😉
Instagram: https://www.instagram.com/ulmasbekbooks

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-09 03:33:10
Aytishlariga qaraganda bugun Kitobsevarlar kuni ekan.

Nima ham deymiz, bayram muborak boʼlsin

@mr_deyl
65 views00:33
Ochish/sharhlash
2022-08-08 21:10:59
TV sizga hamma jarayonlarni ham ko‘rsata olmaydi. Yoki bilmay ko‘rsatib qo‘yadi

"Mahalla" telekanali ijodkorlarining tasvirga olish jarayonlarida bo‘lib turadigan qiziqarli holatlarini ushbu videoda tomosha qilishingiz mumkin.
Ko‘rib mazza qiling

@mr_deyl
59 views18:10
Ochish/sharhlash
2022-07-29 20:08:34 Umr ariqlarni to‘ldirib oqayotgan suvga o‘xshaydi. Oqaveradi-oqaveradi. Ming harakat qilib ham to‘xtatib bo‘lmaydi...
Lekin, shu oqimni foydaliroq tomonga burib yuborsa bo‘lar ekan.

Ista, bu oqimni “ekin maydoni”ga bur. Hosilidan odamlar zavq olsin.
Ista, o‘z holicha qoldir va isrof bo‘lishini ko‘rib, achingancha qolaver...

@mr_deyl
69 views17:08
Ochish/sharhlash
2022-07-27 18:16:37
Birinchi bor pochta qabul qilishim. Juda ham xursand boʻldim. Olloh rozi boʼlsin shu qadrdonimizdan. Rahmat katta.

@mr_deyl
72 views15:16
Ochish/sharhlash
2022-07-17 09:16:02 ​​Kitobsevar kutubxonachilar haqidagi ajoyib roman

Asardan iqtiboslar

Odamni oʼz hayollari bilan yakkama-yakka qolishni xohlamayotgani uchun ayblash kerakmas.

... Hammasidan yaxshisi - hech kim bezovta qilmaydigan kitoblar olami edi.

.... sen kitoblarni yevorgudek yaxshi koʼrarding. Hayotda senchalik yutoqib kitob oʼqigan boshqani uchratmaganman.

Kitobga boʼlgan ochlikni qondirib boʼlmasdi.

P.S: Roman yaxshi yozilgan. Oʼqib chiqishingizni maslahat bergan boʻlar edim.

@mr_deyl
72 views06:16
Ochish/sharhlash
2022-04-19 07:10:04
Allohning marhamati cheksizdir!
Noumid bo'lmang!

@mr_deyl
116 views04:10
Ochish/sharhlash
2022-04-07 11:19:10
Bir kuni fizika-matematika fakulteti professori doskaga katta qilib 1 raqamini yozib, talabalarga qarab tushuntirdi:

- Bu sizning insoniyligingiz. Hayotdagi eng muhim sifat.

Keyin 1 raqamining yoniga 0 yozdi va dedi:

- Bu esa sizning muvaffaqiyatlaringiz va u sizni insoniylik bilan 10 barobarga oshirdi.

Shunday qilib, u 0 ga 0 larni qo'shdi: ehtiyotkorlik, yaxshi avlod, sevgi va hokazo.

"Har bir qo'shilgan 0 kishini 10 marta yaxshilaydi", dedi professor.

To'satdan u bir qator raqamlar boshida turgan 1 raqamini o'chirib tashladi. Doskada arzimagan, ma'nosiz nollar bor edi. Professor dedi:

Agar sizda odamiylik bo'lmasa, qolganlari hech narsaga arzimaydi”.

@mr_deyl
362 views08:19
Ochish/sharhlash
2022-03-29 04:12:10 Musulmon bilan kofir bu dunyo tugul, u dunyoda el bo'lmaydi. Boisi, musulmon mozorga kofirni ko'mib bo'lmaydi, kofir mozorga musulmonni ko'mib bo'lmaydi.

Topingchi qaysi asardan

@mr_deyl
122 views01:12
Ochish/sharhlash
2022-03-28 06:43:01 ​​"Iqror. Zulmatdan nur sari"
Xolid Ertug'rul


Inson - yuzta darvozasi bor ulkan saroydir.

Anchadan buyon bunaqa rohatlanib kitob o'qimagan edim. Bu kitobni o'qib ancha fikrlash doirasi kengaydi, ayrim savollarimga javob oldim.
Ushbu asar haqiqatdan ham qalbi zulmat qa'rida yotgan yigitning qalbiga ulkan ziyo nuri qaytishi haqida hikoya qiladi. Asar hayotda bo'lgan voqealarga asoslangandir.

Ma'naviy qadriyatlarni tan olmaydigan, hech qanday mas'uliyatni zimmasiga olishni istamaydigan, dindan va e'tiqoddan uzoqlashgan Mehmet asarning bosh qahramoni hisoblanadi.
Inson nima degani o'zi? Men kimman? Qayerdan keldim? Nima uchun keldim? Qayerga ketayapman? Inson bo'lishimning biror badali yoki hisob-kitobi bormi? Xudoga ehtiyoj bormi? Taqdir degan narsa mavjudmi? kabi savollarga ustozi tomonidan ajoyib misollar yordamida javob topgan Mehmetning keyingi hayoti butunlay o'zgarib ketadi.

Uning qalbiga iymon nuri shunchalik nur taratadiki alaloqibatda bir nechta sinovlardan so'ng go'zal o'lim topadi.

Muallif bu bilan jamiyatda yoshlarning ta'lim va tarbiyasi ayniqsa, diniy ta'lim eng muhim masala ekanligini ta'kidlaydi.

Kitobdan ayrim iqtiboslar:

Inson eng tez sur'atda eng katta natijani keltiruvchi rejaga ko'ra yaratilgan.

Bu yerda mehmonsan va bu yerdan boshqa joyga ketasan. Mehmon bo'lgan kishi o'zi bilan birga olib kelmagan narsalarga bog'lanib qolmasligi kerak. Bu manzildan ketganingdek, shahringdan ham, bu foniy olamdan ham ketasan. Shunday ekan, aziz bo'lib ketishga harakat qil.

O'lim yo'q bo'lish, ayriliq emas, balki abadiy hayotning muqaddimasi, boshlanishidir va hayotning mehnat-mashaqqatidan ozod bo'lish, qutulish va joy o'zgartirishdir. Barzoh olamiga ko'chib ketgan qarindosh-urug'inga qovushmoqdir.

P.S: Har bir inson albatta bu kitobni o'qib va uqib olishini xohlar edim.

@mister_deyl
123 views03:43
Ochish/sharhlash