Get Mystery Box with random crypto!

​​Sadoqat timsoliga aylangan Tahsin Bahodir Yenishehirlioʼgʼl | Ulmasbekbooks | Blog

​​Sadoqat timsoliga aylangan Tahsin

Bahodir Yenishehirlioʼgʼlining "Hukmdorim" romani


Barchamizga tanish boʼlgan, katta qiziqish bilan tomosha qilingan "Poytaxt" serialining Tahsin poshosining unitilgan hayoti ushbu romanda gavdalantirilgan.
Asarda 1894-1930-yillardagi Turkiyaning ijtimoiy va siyosiy holati namoyon qilingan. Usmoniylar saltanatining soʼnggi yillari.
Ichki va tashqi dushmanlarning birgina maqsadi bor, u ham boʼlsa, sulton Abdulhamidni taxtdan agʼdarish.

Tahsin posho nafaqat davlati va hukmdoriga sodiq qolaversa, doʼstlik va sevgisiga sodiq qolgan, yaxshi taʼlim va tarbiya olgan arbob desak yanglishmaymiz. Men asarni oʼqishda haqiqiy doʼstlikni qanday boʻlishini, sadoqat qanday koʼrsatilishini his qildim. Umrining oxirigacha doʼstini unutmadi, esidan chiqarmadi. Qilingan tuxmatlar tufayli saroydan chetlatishga majbur boʻlgan hukmdor Abdulhamidga shunday qilgan boʻlsada sodiq qoldi.
Bolaligidan otasidan juda yaxshi tarbiya koʼrganligini, otasining oʼgitlariga doimo amal qilishini esa alohida taʼkidlash joiz.
Farida - oqila, aqlli, farosatli va ajoyib jufti halol. Tahsin posho va Farida oʼrtasidagi sevgi, bir-biriga hurmat va bir-birini tushunish juda yaxshi yoritib berilgan.

Asarni oʻqib xuddiki oʼsha davr muhitini his qilgandek, oʼsha davrda yashagandek boʼladi inson. Bu kitobni oʼqishingizni tavsiya qilgan boʼlar edim.

2023-yilda oʼqilgan 3-kitob.

@ulmasbekbooks