Get Mystery Box with random crypto!

#Nuqtai_nazar O‘zbekistonda tug‘ilishni rejalashtirish ker | Ulug‘bek Inoyatov

#Nuqtai_nazar

O‘zbekistonda tug‘ilishni rejalashtirish kerakmi?

Tug‘ilishni, umuman, oilani rejalashtirish hozirgi davrda asosiy masala hisoblanadi. Er-xotin oilada farzandlarni dunyoga keltirishda mas’uliyatni, rejali yondashuvni his qilmog‘i kerak. Shunda bu oilada tug‘ilayotgan farzand ham sog‘lom bo‘ladi, sog‘lom voyaga yetadi. Millat genofondini asrashda bu juda muhim!..

Oilani to‘g‘ri rejalashtirish, eng avvalo, bolalarga zarur bo‘lgan barcha moddiy va nomoddiy ne’matlar – sifatli ta’lim, oziq-ovqat, uy-joy bilan ta’minlash uchun muhim ahamiyatga ega.

Bugungi demografik muammolar nuqtai nazaridan qaraganda, oilani rejalashtirish vaqti keldimikan?

2024 yil 22 aprel kuni O‘zbekiston aholisi soni 37 millionga yetdi. Esingizda bo‘lsa, 36 millionlik marrani 2022 yil 8 dekabr kuni bosib o‘tgan edik. Qarang, 1 yilu 4 oyda yana 1 millionga ko‘paydik.

Bunday darajada o‘sishni davlat va jamiyat ko‘tara oladimi? Asosiy savol: tug‘ilishni rejalashtirish kerakmi?..

«O‘zbekiston ovozi» gazetasining 5.06.2023 (№23) sonida shu mavzu bo`yicha muhim fikrlar, xulosalar bildirilibdi.

Tavsiya etaman.

Telegram | Facebook | Instagram