Get Mystery Box with random crypto!

Ugrilardan qutulish

Telegram kanalining logotibi ugrilardan_qutulish — Ugrilardan qutulish U
Telegram kanalining logotibi ugrilardan_qutulish — Ugrilardan qutulish
Kanal manzili: @ugrilardan_qutulish
Toifalar: Goʻzallik , Maslahatlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 90
Kanalning ta’rifi

Har kuni yuzingizga qarar ekansiz uning naqadar go'zal ekanini eslatib turing.
Har safar undagi nuqsonlarni ko'rib aytaverganingizdan, u chiroyli ekanini unutib qo'ygan axir☺️🌸

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2020-11-06 17:02:28 ​​ Aspirin tabletkasidan husnbuzarlarni davolashda foydalansa bo'ladimi?

Javob: Tibbiyot olamida aspirin tabletkasining husnbuzarlarni yo'q qilishi haqidagi biror kuchli ilmiy dalil mavjud emas. Biz aspirinni asosan og'riq qoldiruvchi vosita sifatida bilamiz. Lekin uning tarkibida salitsil kislota mavjud bo'lib, u birlamchi akne alomatlari bilan kurasha oladi. Salitsil kislota qurituvchi ta'sirga ega bo'lib, ortiqcha yog' va o'lik teri hujayralaridan xolos bo'lishda yaxshi samara beradi. Bu tabletka yengil turdagi va mayda husnbuzarlar uchun foydali bo'lishi mumkin. Siz husnbuzarga qarshi jiddiy kurashmoqchi ekansiz, bu davolash usuli sizga tavsiya etilmaydi. Buning o'rniga saitsil kislotasi, benzoil peroksid yoki retinoidlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Lekin sizda boshqa imkoniyat bo'lmasa foydalanishingiz mumkin.

Xo'sh qanday?

Bir yoki bir nechta(ehtiyojga qarab) aspirin tabletkalarini butunlay maydalang va bir osh qoshiq suv bilan aralashtiring. Yuzni yaxshilab tozalab to'g'ridan-to'g'ri husnbuzarlarga surting. 15 daqiqadan so'ng iliq suv bilan yuvib tashlang. Ushbu jarayonni kuniga 2 martagacha qo'llash mumkin.

Shuni esda tutish kerak-ki, aspirinni ko'p ishlatish teringizni qurutib yuborishi mumkin, terining barcha tabiiy yog'larini qurutib yubormaslik juda muhim. Bundan tashqari aspirinni ko'p ishlatish teringizni quyoshning ultrabinafsha nurlariga sezgirligini oshiradi. Xomilador va emizkli ayollar bu tabletkani ishlatishi mumkin emas.
Har qanday dori vositasini ishlatishdan oldin dermatologingiz bilan maslahatlashing!

@ugrilardan_qutulish
14.7K viewsedited  14:02
Ochish/sharhlash
2020-11-05 23:05:38 ​​ Husnbuzardan qolgan chandiqlarni uy sharoitida davolash mumkinmi?

Javob: Bu savolga javob berish men uchun juda ham qiyin. Sababini tushuntiraman. Kosmetika olamida yuzdagi chandiqlarni davolashning turli xil usullari mavjud. Lazeraterapiya, plastik operatsiya, dermopen yordamida terini shilib olish, piling - bular eng quvvatli usullar hisoblanadi. Ko'pgina kuzatuvlarim davomida manashu usullar orqali davolangan insonlarning chandiqlari umuman ketmagan, 30-40 va 70% gacha yaxshilangan holatlarini ko'rganman. Albatta bitta prodsedura emas kamida 2-3ta prodsedura orqali (plastik operatsiya bundan mustasno). Harajatlari ham shunga monand 200-250$ atrofida bo'ladi(70% uchun). Agar kimdir sizga bittada 100% chandiqlarni yo'q qilib beraman desa unga ishonmang, u mashennik! Shundan kelib chiqqan holda aytishim mumkinki, uy sharoitida chandiqlarni davolash juda ham ko'p vaqt va sabr-toqat talab qiladi, albatta iloji bor, faqat teridagi to'qimalar tiklanishi uchun vaqt kerak. Bu balki 6oydan 18oygacha cho'zilishi mumkin, bu endi organizmingizga bog'liq.
Xo'sh, uy sharoitida nimalar qilish mumkin? Sal teparoqqa chiqsangiz chandiqlarga qarshi yaxshi effekt beradigan gellar haqida yozganman, qiziqsangiz o'qib chiqing. Hozir esa uy sharoitida qilish mumkin bo'lgan boshqa tabiiy usulni o'rgataman

Aloe

Aloe Vera yallig'lanishga qarshi va antibakterial xususiyatlarga ega, shuning uchun chandiqlarni davolash uchun ishlatiladigan eng yaxshi tabiiy vositadir.

Qanday foydalanish kerak?

Haqiqiy Aloe gulini sotib olamiz va bir haftaga qorong'u xonada saqlab qo'yamiz. Shu vaqt davomida o'simlik o'zining tarkibidagi barcha foydali fermentlarni to'liq ishlab chiqaradi. So'ngra yaprog'ini kesib ichidan jelini olamiz va yuzimizga surtib massaj qilamiz. 30 daqiqa davomida yuzimizda qoldiramiz va yuvib tashlaymiz. Bu usulni kuniga 2 marta takrorlash mumkin. Boshlang'ich natijaga 21 kun davomida erishish mumkin, sezilarli natijani esa 3 oy davomida seza boshlaysiz. Allergiya holatlari kuzatilsa vaqtincha ishlatmay turish tavsiya etiladi

@ugrilardan_qutulish
15.5K viewsedited  20:05
Ochish/sharhlash
2020-11-05 20:06:10 ​​ Yuzim juda yog'li, kosmetik vositalar sotib olishga sharoitim yo'q, uy sharoitida eng oddiy va topilishi oson bo'lgan mahsulotlar orqali muammodan qutulish mumkinmi?

Javob: Albatta, iloji bor. Yog'li yuz terisi egalari teri parvarishida juda ham ko'p argumentlarga e'tibor berishlari kerak:
1.Yuzni har kuni kamida ikki marta yuvish;
2. Issiq suvda yuz yuvmaslik;
3. Dietaga jiddiy e'tibor qaratish;
4. Uhlashdan oldin makiyajni yuvib tashlash.
5. Me'yoriy uyqu (minimum 6soat)
6. Stress va depressiyaga umuman tushmaslik

Yog'li yuzni parvarishlash oson ish emas, ayniqsa u ta'sirchan teri bo'lsa, shunday insonlar borki butun hayoti davomida yog'li yuzli muammo bilan kurashib kelishadi va muntazam kosmetik preparatlar va chistkalar olib yurishadi, manashu jihatlarni unutmaslik kerak. Lekin ko'ngilni tushurmang, uy sharoitida parvarishlashning sinalgan usullari bor.

Tuxum oqi va limon

Bu ingredientlar yog'li teriga qarshi juda ajoyib samara beradi;
Ikkala ingredient ham yuzdagi teshik(fora)larni kichaytiradi;
Limon antibakterial qobiliyatga ega va yog'ni sezilarni kamaytiradi.

Tuxum oqi va limondan niqob tayyorlash uchun:

1 ta tuxum oqini 1 choy qoshiq yangi siqilgan limon sharbati bilan aralashtiring. Uni yuzingizga surting va niqob quriguncha qoldiring. So'ngra iliq suv bilan yuvib tashlang.
Bu niqobni haftada 2-3 marta qo'llash tavsiya qilinadi

Limon va tuxum oqiga allergiyasi bor insonlarga bu niqobni qo'llash tavsiya qilinmaydi!

@ugrilardan_qutulish
14.3K viewsedited  17:06
Ochish/sharhlash
2020-10-28 12:13:23 Olma sirkasi yordamida husnbuzarlardan xalos bo'ling!

Olma sirkasi tarkibidagi organik kislotalar husnbuzarlar keltirib chiqaradigan bakteriyalarni yo'q qilishga va chandiqlar ko'rinishini kamaytirishga yordam beradi.

Hususan, sukkinik kislota post-aknega sabab bo'ladigan yallig'lanishni bostirishi isbotlangan, bu esa chandiq paydo bo'lishining oldini oladi.

Shuningdek, sut kislotasi husnbuzardan qolgan dog'larni yaxshilaydi.

Bundan tashqari, olma sirkasi birinchi navbatda husnbuzarni keltirib chiqaradigan ortiqcha yog'ni quritishga yordam beradi.

Uni qanday ishlatish kerak?

1 qoshiq olma sirkasini 3 qoshiq suv bilan aralashtiring. Yaxshi tozalangan yuzga aralashmani paxta yordamida muloyimlik bilan qo'llang. 30 soniyadan so'ng suv bilan yuvib tashlang va quriting. Zarur bo'lganda, ushbu jarayonni kuniga 1-2 marta takrorlang.

Shuni ta'kidlash kerakki, olma sirkasini teriga surtish kuyish va tirnash xususiyati keltirib chiqarishi mumkin, shuning uchun uni har doim oz miqdorda ishlatish va suv bilan suyultirish kerak.

@ugrilardan_qutulish
5.8K viewsedited  09:13
Ochish/sharhlash