Get Mystery Box with random crypto!

​​ Aspirin tabletkasidan husnbuzarlarni davolashda foydalansa | Ugrilardan qutulish

​​ Aspirin tabletkasidan husnbuzarlarni davolashda foydalansa bo'ladimi?

Javob: Tibbiyot olamida aspirin tabletkasining husnbuzarlarni yo'q qilishi haqidagi biror kuchli ilmiy dalil mavjud emas. Biz aspirinni asosan og'riq qoldiruvchi vosita sifatida bilamiz. Lekin uning tarkibida salitsil kislota mavjud bo'lib, u birlamchi akne alomatlari bilan kurasha oladi. Salitsil kislota qurituvchi ta'sirga ega bo'lib, ortiqcha yog' va o'lik teri hujayralaridan xolos bo'lishda yaxshi samara beradi. Bu tabletka yengil turdagi va mayda husnbuzarlar uchun foydali bo'lishi mumkin. Siz husnbuzarga qarshi jiddiy kurashmoqchi ekansiz, bu davolash usuli sizga tavsiya etilmaydi. Buning o'rniga saitsil kislotasi, benzoil peroksid yoki retinoidlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Lekin sizda boshqa imkoniyat bo'lmasa foydalanishingiz mumkin.

Xo'sh qanday?

Bir yoki bir nechta(ehtiyojga qarab) aspirin tabletkalarini butunlay maydalang va bir osh qoshiq suv bilan aralashtiring. Yuzni yaxshilab tozalab to'g'ridan-to'g'ri husnbuzarlarga surting. 15 daqiqadan so'ng iliq suv bilan yuvib tashlang. Ushbu jarayonni kuniga 2 martagacha qo'llash mumkin.

Shuni esda tutish kerak-ki, aspirinni ko'p ishlatish teringizni qurutib yuborishi mumkin, terining barcha tabiiy yog'larini qurutib yubormaslik juda muhim. Bundan tashqari aspirinni ko'p ishlatish teringizni quyoshning ultrabinafsha nurlariga sezgirligini oshiradi. Xomilador va emizkli ayollar bu tabletkani ishlatishi mumkin emas.
Har qanday dori vositasini ishlatishdan oldin dermatologingiz bilan maslahatlashing!

@ugrilardan_qutulish