Get Mystery Box with random crypto!

​​Aristotel va Al-Kindiy (1) Al-Kindiy metafizika, mantiq, m | UFQ

​​Aristotel va Al-Kindiy (1)

Al-Kindiy metafizika, mantiq, matematika, astronomiya, tibbiyot, meteorologiya, optika, musiqa fanlaridan 300 dan ortiq asarlar yozgan. Aristotel Metafizikasi, Ptolomey Geografiyasi va Yevklid asarlarining arabcha tarjimasini tahrirlagan, Aristotel Poeziyasi va Porfiriy Muqaddimasini bayon qilgan, Aristotel Kategoriyasi va Ikkinchi Analitikasiga, Ptolomeyning Almagesti va Yevklidning Elementlarini sharhlagan. Kindiy asarlarining aksariyati bizgacha yetib kelmagan bo'lsada, 1930-yillarda Istambulda uning 29 ta risolasi jamlangan qo'lyozma topiladi.

Aristotel asarlariga murojaat qilar ekan, Kindiy ularni bir nechta guruhga ajratadi. Birinchi guruhda mantiq bo'yicha kitoblar, ikkinchisida – fizikaga oid, uchinchisi "o'z-o'zidan mavjud bo'lgan, jismga muhtoj bo'lmagan, lekin jismlar bilan birga mavjud bo'lgan narsa" haqidagi kitoblar, to'rtinchi guruhda – "Jismga muhtoj bo'lmagan va mutlaqo jismga bog'liq bo'lmagan narsalar" haqida. Kindiy mantiq masalalarini o'rgangan 8 ta kitobni sanaydi va har biriga tavsif beradi. Fizika haqida 7 ta, ruh haqida 4 ta kitobni sanaydi va tavsiflaydi.

Kindiy falsafani "narsalarning tabiatini inson imkoniyatlari doirasida anglash" yo'lidagi eng buyuk, eng oliyjanob san'at deb hisoblaydi. Kindiy bunda "ilk falsafa" ni yoki "ilk sabab haqida ilm"ni alohida ajratadi. Bu "ilk falsafa" Kindiy tomonidan Tavhidni anglatadigan ilm sifatida ko'riladi.

Telegram | Facebook