Get Mystery Box with random crypto!

Uchqunbek IMHO

Telegram kanalining logotibi uchqunbek_imho — Uchqunbek IMHO U
Telegram kanalining logotibi uchqunbek_imho — Uchqunbek IMHO
Kanal manzili: @uchqunbek_imho
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11
Kanalning ta’rifi

In my humble opinion (IMHO) -Mening kamtarona fikrimcha.

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-06-21 20:29:50 Snapchat

Qanchadir vaqt (yil) avval quyidagi maʼnoda xabar oʻqigan edim.

Snapchat va shunga oʻxshash ilovalar odamlarni real hayotdan uzoqlashtiradi. Chunki sunʼiy reallik yaʼni bezak odamni oʻzini xunik deb oʻylashiga olib keladi va oʻziga nisbatan ishonchsizlik olib keladi.

Umuman olganda Snapchatga qarshi emasman, aytgancha Snapchat faqat rasmga tushish ilovasi emas, balki yozishish kuzatish mumkin.

Men xira, effekt oshiqcha berilgan rasmlarni yoqtirmayman, shuning uchun oz boʻlsa ham sifatli rasmga tushaman. Ayniqsa yuzga niqob qoʻyib, asl holatni buzgani yoqmaydi.

P.S. Albatta shuning uchun tushgan rasmlarimni yarmidan koʻpida gʻalati chiqib qolganman

@Uchqunbek_IMHO
325 views17:29
Ochish/sharhlash
2022-06-15 06:17:45 Ustoz va shogir suhbati:

Shogird ustoziga qarab dedi: Ustoz maktab nedur?

Ustoz javob berdi: Maktab bu insonlarni oʻqitishga xizmat qiluvchi, yangi doʻstlar bilan tanishtiruvchi, faqat zerikkanda boradigan joydir.

Qanday kunlarga qoldik... Shuncha yil faqat davomat uchun borgan odam sifatida aytishim mumkunki; Maktab oʻlmoqda, ayniqsa yuqori sinflarda.

Dars vaqtida uxlab oʻtirish, telefon, dars vaqtida yurish, zerikmaslik uchun molga oʻxshab bir-birini suzish mumkin boʻlgan joydir.

Bitta oʻquvchi maktabga "sigʻmaganligi" uchun ikki yil kelmasligi, yoshlar ilk sevgilisini uchratadigan va toʻyi boʻlmaydigan joydir.

Aslida bir-birini sevmasa ham shunchaki zerikmaslik uchun gaplashib yuradiganlarning ilk maskanidir. Keyinchalik esa bu joylarni kengaytiradi institut, koʻcha, internet va hokazo.

Bir-birini ustida mazax qilishni, sochidan tortib, sumkani berkitib qoʻyib, qalpoqni olib qochadigan joydir.

Shogird ustoznigapini boʻldi; Ustoz shuncha narsani oʻrganib chiqqan, nega baʼzilar hamon oʻqishni bilmaydi.

Ustoz javob berdi: Chunki bu yerga oʻqish uchun kelishmagan.

P.S. Maktabning oʻlimi uchun bir daqiqa sukut saqlaylik!

@Uchqunbek_IMHO
288 views03:17
Ochish/sharhlash
2022-05-09 14:41:02 БИР ОЛИМНИ ЁКИ УЛАМОЛАРНИ ХАҚОРАТ ҚИЛИШ

@Savollar_kanal 10934-савол

Ассалому алайкум! Олимни ёки илмли уламони хақорат қилса, устидан кулса бир одам, кофир бўладими?

ЖАВОБ:

– Ва алайкум ассалом! Агар уламоларни илмини масхара ёки ҳақорат қилса, Аллоҳ таоло "Тавба" сурасида марҳамат қилади:  
قُلْ أَبِاللّهِ وَآيَاتِهِ وَرَسُولِهِ كُنتُمْ تَسْتَهْزِؤُونَ۝لاَ تَعْتَذِرُواْ قَدْ كَفَرْتُم بَعْدَ إِيمَانِكُمْ  
Сен: «Аллоҳни, Унинг оятларини ва Расулини истеҳзо қилаётган эдингизми?» деб айт. Узр айтманглар. Батаҳқиқ, иймонингиздан кейин куфр келтирдингиз». Мусулмон шахснинг зиммасида вожиб бўлган нарсалардан бири Ислом уламоларини ҳурмат қилиш, солиҳ инсонларга муҳаббатли бўлишдир. Ислом шариати айнан ушбу муҳаббат ва ҳурматни ҳаддидан ошмаслик ҳамда сусткашлик қилмаслик шарти ила касб этиш лозимлигини уқтиради. Шубҳасиз, айнан уламоларни ва солиҳ инсонларни масхара қилиш, уларни камситиш, иймон тақозо қилган ҳурмат ҳамда муҳаббатга зид ахлоқ ҳисобланади. Истеҳзо камситишнинг бир туридир. («Лисонул араб», 1/183 ва «Ал Мисбаҳул Мунир», 787-саҳифадаги истеҳзо моддасига қаранг!)Олусий раҳимаҳуллоҳ айтадилар: «Истеҳзо камситиш ва масхаралашдир».Имом Ғазолий раҳимаҳуллоҳ айтадилар:«Дарҳақиқат, истеҳзо, пастга уриш, камситиш ва айб-нуқсонлар устидан кулиш орқали танбеҳ бериш гоҳ иш-ҳаракат, гоҳ сўз, гоҳида эса имо ишора билан ҳам бўлади. Истеҳзонинг асли енгилтакликдан келиб чиққан. Араблар туянинг тезлаб, енгил югуриб кетишига шу истеҳзо калимасини қўллашади. («Руҳул маъоний», 1/158)Уламолар истеҳзонинг истилоҳида аҳли илм ва солиҳ зотларни истеҳзо қилиш кофирларнинг сифатларидан ҳамда мунофиқларнинг хислатларидан эканини алоҳида таъкидлашаган. Бунга Аллоҳ таолонинг бир неча оятлари очиқ ишора қилади («Бақара» 212, «Мўъминун» 103 дан 111 гача бўлган оятлар, «Мутоффифин» 29 дан 33 гача бўлган оятлар. Булар кофирлар ҳақида. Мунофиқлар ҳақида эса «Бақара», 14, 15, «Тавба», 79 ва ҳоказолар). Валлоҳу аълам!


«Зикр аҳлидан сўранг» ҳайъати

Манба

Каналга уланиш
368 views11:41
Ochish/sharhlash
2022-04-29 13:40:31 Shunchaki bir koʻrib qoʻyinglar, qizlarni ajallari.


397 views10:40
Ochish/sharhlash
2022-03-25 12:23:36 Koʻpchilik kabinetda oʻtirib, qator-qator pul topishni orzu qiladi. Lekin hamma ham boshqa darajadagi hayot pillapoyasida qadam qoʻyish uchun sutkasiga oʻn soatlab ishlash, uzoq vaqt ofisga qatnash, hujjatlar bilan ishlash va raxbariyatning injiqliklariga sabr qilishni istamaydi.

"Beparvolikni nozik sanʼati"

P.S. Sabrni tagi koʻm-koʻk dollar

@Uchqunbek_IMHO
601 views09:23
Ochish/sharhlash
2022-03-23 12:28:01 Bilim qudrati necha soʻm.

Bilim kuch deymiz -ku, lekin kuchini koʻrmaganmiz. Institutda oʻqish kerak desak, "Mana oʻqiganlar, maktabda 2-3mlnga ishlab yuribdi, men oʻqimasam ham shuncha topaman" deymiz. Xoʻsh, rostdan ham bilim faqat maktabga ishga kirish uchun kerakmi?

Bitta narsani aniqlashtirib olaylik, bilimi tufayli koʻp daromad (oylik emas) topadigan odamlarni taniysizmi?
Masalan; Repititorlik qilib.

Men taniyman, meni biologiya domlam. Gʻisht quyib yurib oʻqishga kirgan, repititorlik qilib noldan hayotini yaxshiladi. Hozirda 1000$ daromad qiladi. Toʻgʻri bu pulni qoʻsha-qoʻsha mashinalarga, uyga sarflamaydi. Bitta jigulini minib yuribdi, buni ham bilim orqasidan olgan. Hozirda ishlarini yoʻlga qoʻyyapti.

Opam ingliz tilini bilgani uchun ikki soatlik ish uchun 50$ oldi. Yana bitta tanishim xitoy tilini bilgani uchun bir oyda 1200$ topgan. Bu qanday ish ekan desangiz tarjimonlik qilishgan.

Hozir ingliz tili domlamda ham 50 ta oʻquvchisi bor, toʻlovini esa oʻzingiz taxmin qilib daromadni hisoblayvering

Qidirsangiz bunday odamlar anchagina, shuning uchun oʻzingiz yoki farzand, ukalaringizni bilim olishga yoʻnaltiring.

Davomi bor....

P.S. Albatta bunday katta natijagac erishish uchun undan ham katta mehnat yotadi.

@Uchqunbek_IMHO
568 views09:28
Ochish/sharhlash
2022-03-22 10:22:27 Oʻchirilgan hisoblar

Qaysidir tanishing guruh ochadiyu, oʻzi bizni "tashlab ketadi". Yengilgina oʻchirilgan hisobga aylanadi. Yana qoʻshib qoʻy, deb iltimos ham qiladi.

Bu holat bir marta emas, bir necha marta sodir boʻladi. Telegramda kanal va guruhlar egaligini oʻtkazish funksiyasi bor. Hech boʻlmasa kimnidir admin qilib ket.

Oʻchirishdan nima foyda hech tushunmadim. Akkauntni ishlatgandan keyin oxirigacha ishlatish kerak. Oʻchirishdan foyda yoʻq. Bir vaqtda koʻp marta oʻchirish nomerni "ban"lanishiga olib keladi.

Yangilik; Hozirda egasiz qolgan guruh va kanallarni ham egaligini boshqa adminlarga oʻtkazib berishi mumkin.

P.S. Shaxsan menda yirik sabab boʻlmasa umuman "Deleted accaunt" qilmayman.

@Uchqunbek_IMHO
485 viewsedited  07:22
Ochish/sharhlash
2022-03-17 11:29:24 Uchinchisi jahon urushi eng yomoni.

Siz uchinchisi qurol-yarogʻ, takomillashgani uchun, yangi texnologiya, atom bombalari borligi uchun eng yomoni deb oʻylayotgandirsiz. Yoʻq, bu urushda xalqni oʻlimi eng yomon.

Hozirgi dunyo zulm orqali bosib olingan hududlarni tan olmaydi. Shunchaki bitta shaharni vayron qila olmaydi. Shunchaki yoʻlda turgan binoni yoʻq, qila olmaydi. Chunki xalq bilan urushib boʻlmaydi.

Shunchaki suveren Ukraina hududini bosib olish normal holat emas. Shunchaki urushda yutgan tomon boʻlmaydi.

@Uchqunbek_IMHO
454 viewsedited  08:29
Ochish/sharhlash
2022-03-07 14:38:47 ЁМОН ГУМОНЛАРДАН ЎЗИНГИЗНИ АСРАНГ...

«Ҳозиргина онлайн эдинг, менга жавоб ёзмадинг!» деган гап ажаблантиради.

«Онлайн»
Бу ибора одамларнинг бир - бирларига ишончларини сўнишига сабаб бўлмоқда.

Нимага биз узрли сабаб қидирмаймиз?

Эҳтимол вақтим тиғиздир. Банддирман! Ёки қайсидир яқиним билар гаплашаётгандирман! Ухлаб ётгандирман, телефонимни болаларим ўйнаётгандир. Адашиб тармоққа киргандир...

Балки, ким биландир қизғин баҳс олиб бораётгандирман...

«Онлайн» эканлигим, бу сизни кутиб ўтирибман дегани эмас!

«Онлайн» эканлигим, контактимда фақат сиз борсиз, дегани эмас!

«Онлайн» эканлигим сизни кўриб туриб, кўрмасликка оляпман дегани эмас!

«Онлайн» эканлигим, сиз билан гаплашиш учун фурсатим бор дегани эмас.

Яна бошқа ибора «last seen» (охирги бор кирган, кўринган)...
Сиз нимадир юборсангиз, мен уни очиб қарамасам, «қачон кирибди?» деб дарров титманг! Билмайсизку, эҳтимол кирган бўлсам ҳам кўришга улгурмагандирман!

Кўнглингизни тозаланг! Узр қидиринг! Бошқалар билан ўзаро риштангизни заиф санаб, шайтоннинг васвасаларига учманг! Айнан «Онлайн» сабаб қанчадан - қанча қалбларга дарз етди, алоқалар узилди, кўнгиллар бир - биридан узоқлашди!?

Бас «Чиройли гумон қилинг!» шунинг ўзи кифоя!

Манбаа: Mehrob.uz

@Falsafiy_satrlar
383 views11:38
Ochish/sharhlash
2022-03-05 18:34:29 Bolarni qoʻliga "iPhone" berib, internetni yoqib Youtube kira olganini koʻrib, "Bolam zoʻr kompyuterchi" boʻladi deyish, huddi PUBG oʻyinini oʻynab harbiy amaliyotga tayyorlanishdek gap.

P,s: Oʻsha gap, harbiy boʻlmoqchimisan PUBGni bos.

@Uchqunbek_IMHO
318 viewsedited  15:34
Ochish/sharhlash