Get Mystery Box with random crypto!

Bilim qudrati necha soʻm. Bilim kuch deymiz -ku, lekin kuchin | Uchqunbek IMHO

Bilim qudrati necha soʻm.

Bilim kuch deymiz -ku, lekin kuchini koʻrmaganmiz. Institutda oʻqish kerak desak, "Mana oʻqiganlar, maktabda 2-3mlnga ishlab yuribdi, men oʻqimasam ham shuncha topaman" deymiz. Xoʻsh, rostdan ham bilim faqat maktabga ishga kirish uchun kerakmi?

Bitta narsani aniqlashtirib olaylik, bilimi tufayli koʻp daromad (oylik emas) topadigan odamlarni taniysizmi?
Masalan; Repititorlik qilib.

Men taniyman, meni biologiya domlam. Gʻisht quyib yurib oʻqishga kirgan, repititorlik qilib noldan hayotini yaxshiladi. Hozirda 1000$ daromad qiladi. Toʻgʻri bu pulni qoʻsha-qoʻsha mashinalarga, uyga sarflamaydi. Bitta jigulini minib yuribdi, buni ham bilim orqasidan olgan. Hozirda ishlarini yoʻlga qoʻyyapti.

Opam ingliz tilini bilgani uchun ikki soatlik ish uchun 50$ oldi. Yana bitta tanishim xitoy tilini bilgani uchun bir oyda 1200$ topgan. Bu qanday ish ekan desangiz tarjimonlik qilishgan.

Hozir ingliz tili domlamda ham 50 ta oʻquvchisi bor, toʻlovini esa oʻzingiz taxmin qilib daromadni hisoblayvering

Qidirsangiz bunday odamlar anchagina, shuning uchun oʻzingiz yoki farzand, ukalaringizni bilim olishga yoʻnaltiring.

Davomi bor....

P.S. Albatta bunday katta natijagac erishish uchun undan ham katta mehnat yotadi.

@Uchqunbek_IMHO