Get Mystery Box with random crypto!

•Uchinchi sektor•

Telegram kanalining logotibi uchinchi_sektor — •Uchinchi sektor• U
Telegram kanalining logotibi uchinchi_sektor — •Uchinchi sektor•
Kanal manzili: @uchinchi_sektor
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 370
Kanalning ta’rifi

Uchinchi sektor deb nomlangan ushbu kanalda NNTlar uchun foydali ma’lumotlar va bepul onlayn darslar berib boriladi.
Muloqot uchun:
@Uchinchi_Sektor_muloqot_bot

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-01-07 14:18:59
Eslatib o‘tamiz, bugun, 7-yanvar kuni soat 19:00da “Yoshlar - yoshlar uchun” loyihasi doirasida Nozlima Muzaffarova bilan uchrashamiz.

Uchrashuv savol-javob shaklida bo‘lib, unda volontyorlik, ijtimoiy loyihalar tashkillashtirish, turli kurslarda ta’lim olish singari qator mavzular bo‘yicha Sizni qiziqtirgan barcha savollarga to‘xtalamiz. Bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Nozlima Muzaffarova - O‘zbekiston milliy universiteti 3-bosqich talabasi, Ijtimoiy tadbirkorlik maktabi va Markaziy Osiyo yetakchi yoshlar CAYLA Akademiyasi bitiruvchisi. BMTning Youth Peer Education tarmog‘ida volontyor, mahalliy trener sifatida ish olib borgan.

Uchrashuv joyi: https://us02web.zoom.us/j/5872505497 (Meeting ID: 587 250 5497)

Vebinarga ulanganda Zoom profilingiz nomini ism-sharifingiz bilan nomlab qo‘yishingizni so‘raymiz.

@Uchinchi_Sektor
374 views11:18
Ochish/sharhlash
2021-01-05 13:12:26 ​​#yoshlar4yoshlar
#yoshlar_yoshlaruchun

ITMning “Yoshlar - yoshlar uchun” loyihasining navbatdagi mehmonini kutib oling: Nozlima Muzaffarova, O‘zbekiston milliy universiteti 3-bosqich talabasi, Ijtimoiy tadbirkorlik maktabi va Markaziy Osiyo yetakchi yoshlar CAYLA Akademiyasi bitiruvchisi. BMTning Youth Peer Education tarmog‘ida volontyor, mahalliy trener sifatida ish olib borgan.

Nozlima, shuningdek, OIV/OITS, jamiyatda gender tenglik, ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni kamaytirish, giyohvandlikka qarshi kurash, notiqlik san’ati kurslarida ta’lim olib, O‘zbekistonda qator ijtimoiy loyihalar tashkil etishda faol ishtirok etgan.

Nozlima bilan suhbat “Volontyorlik va trenerlik tajribalari. Auditoriya bilan ishlash” mavzusiga bag‘ishlanib, u ma’ruza emas, savol-javob shaklida bo‘lib o‘tadi.

Ko‘ngilli bo‘lish, ijtimoiy loyihalar tashkillashtirish, turli kurslarda ta’lim olish singari qator mavzular bo‘yicha Sizni qiziqtirgan barcha savollarga Nozlima bilan birgalikda javob beramiz. Bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Uchrashuv joyi:
https://us02web.zoom.us/j/5872505497 (Meeting ID: 587 250 5497)
Uchrashuv vaqti: 2021-yil 7-yanvar, soat 19:00

Vebinarga ulanganda Zoom profilingiz nomini ism-sharifingiz bilan nomlab qo‘yishingizni so‘raymiz.

@Uchinchi_Sektor
260 views10:12
Ochish/sharhlash
2021-01-05 06:12:46
#ijtimoiy_masala

Ko‘zi ojiz bolalarning muallimlari 12 yillik ta’lim saqlab qolinishini so‘ramoqda

O‘zbekistonda ixtisoslashgan maktablarda, shu jumladan ko‘zi ojiz bolalar internatlarida ham ta’lim muddati 12 yildan 11 yilga o‘tkazilmoqda. Ammo muallimlar bu o‘zgarish ko‘zi ojiz o‘quvchilar ta’limiga salbiy ta’sir qilishi mumkinligini aytmoqda.

Muallimlar so‘ziga ko‘ra, sog‘lom bola darsda 5-6 soat o‘tirsa, ko‘zi ojiz o‘quvchilar kasalligi tufayli 3–4 soatda charchab qolishadi. Bundan tashqari, umumta’lim maktablarida matematika darsligi bitta kitob bo‘lsa, ko‘zi ojizlar uchun bitta darslik 10 ta kitobdan iborat bo‘ladi: ularda bir sahifada keltirilgan ma’lumot, ko‘zi ojizlar uchun darslikda 3–5 betga to‘g‘ri keladi.

Shu munosabat bilan ko‘zi ojiz bolalar o‘qituvchilari 12 yillik ta’limni saqlab qolinishini so‘rab murojaat bilan chiqdi.

O‘qituvchilarning shaxsiy manfaatini o‘ylab emas, avvalambor o‘quvchilar kelajagini o‘ylagan holda iltimos qilmoqdamiz”, – deydi muallim.

@Uchinchi_Sektor
230 viewsedited  03:12
Ochish/sharhlash
2021-01-04 20:35:41
#Xalqaro_kun
#Bilasizmi

4-yanvar – Butunjahon Brayl alifbosi kuni

Brayl alifbosi ko‘zi ojiz insonlar uchun mo‘ljallangan bo‘rtiq nuqtalarga asoslangan maxsus alifbo bo‘lib, u 1824-yil fransuz tiflopedagogi Lui Brayl tomonidan ishlab chiqilgan. Ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilar uchun o‘zaro aloqa vositasi hisoblangan Brayl alifbosi ushbu qatlam vakillarining savodxonligini oshirishda ham ahamiyatli.

Butunjahon Brayl alifbosi kuni 2019-yildan beri nishonlab kelinmoqda. Ushbu kun ko‘zi ojiz insonlar hayotida uchrayotgan muammolarga ham jamoatchilik e’tiborini qaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

@Uchinchi_Sektor
225 viewsedited  17:35
Ochish/sharhlash
2021-01-03 16:37:10
Assalomu alaykum!

Yodingizda bo‘lsa, 29-dekabr kuni xalqaro ekspert Ted Elder bilan “Mazmunli munosabatlar o‘rnatish sirlari” mavzusida vebinar bo‘lib o‘tgan edi.

Vebinarda shaxsiy hayotda hamda ish bo‘yicha mazmunli munosabatlar o‘rnatish uchun tashlanishi kerak bo‘lgan qadamlar haqida fikr yuritildi. Shuningdek, Ted Elder munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi xatti-harakatlarni ham sanab o‘tdi.

E’tiboringizga ushbu vebinarning yozib olingan videolavhasini havola etamiz:



Marhamat, tomosha qiling va fikr-mulohazalaringizni biz bilan bo‘lishing.

@Uchinchi_Sektor
574 viewsedited  13:37
Ochish/sharhlash
2021-01-03 14:33:23
#imkoniyat

Online Digital Camp “Raqamli Avlod-2021” qishki mavsumida ishtirok eting!

4-8-yanvar kunlari “Raqamli Avlod-2021” nomli onlayn oromgoh bo‘lib o‘tadi. 5 kunlik oromgohda professional mentorlar tomonidan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha darslar o‘tkaziladi:

Mobil dasturlash
Desktop dasturlash
Web dasturlash
Media
Dizayn
Robototexnika

Shuningdek, ishtirokchilar uchun AKT sohasida katta tajriba to‘plagan qator spikerlar bilan suhbatlar ham tashkil etiladi!

Ro‘yxatdan o‘tish uchun so‘nggi kun: 2021-yil 3-yanvar (bugun!)

Ro‘yxatdan o‘tish:
https://digitalgeneration.uz/portfolio/online-digital-camp-raqamli-avlod-2020-qishki-mavsum/

Batafsil ma’lumot: https://t.me/digitalgeneration_uz/543

@Uchinchi_Sektor
223 viewsedited  11:33
Ochish/sharhlash
2020-12-31 14:25:27
Assalomu alaykum!

Ijtimoiy tadbirkorlik maktabi Sizni Yangi yil bayrami bilan samimiy muborakbod etadi. Kirib kelayotgan 2021-yil Siz va oila a’zolaringiz uchun quvonch va muvaffaqiyatga to‘la yil bo‘lsin. Asosiysi mustahkam sog‘liq va a’lo kayfiyat hech birimizni tark etmasin!

Jamiyatimizda mavjud ijtimoiy muammolarni hal qilish borasida olib borayotgan beminnat faoliyatingizda chiroyli sabr-qanoat hamda ulkan zafarlar tilaymiz.

Hurmat va ehtirom ila,
ITM jamoasi


@Uchinchi_Sektor
246 viewsedited  11:25
Ochish/sharhlash
2020-12-31 05:38:20
#feedback #BizHaqimizda

Ijtimoiy tadbirkorlik maktabidan juda minnatdorman. O‘tkazilayotgan seminarlar menda juda yaxshi taassurotlar uyg‘otmoqda. Seminarlarda qamrab olinayotgan mavzular har bir inson uchun katta ahamiyatga ega, deb o‘ylayman. Sababi har bir inson hayotda o‘z o‘rnini izlaydi va insonlar bilan muloqotda bo‘ladi. “Samarali muloqot” kursi ushbu jarayonda qoqilmaslikni o‘rgatmoqda.

Bu maktab nafaqat ijtimoiy tadbirkorlik asoslarini o‘rgatish, balki insonlar dunyoqarashini ham o‘zgartirishga hissa qo‘shadi, deb o‘ylayman. Shaxsan menga ham kurs davomidagi muhokamalar hayotda nimalar qilishim, nimalarga e’tibor qaratishim kerakligini anglashimga yordam bo‘ldi. Men Ijtimoiy tadbirkorlik maktabiga kattadan-katta rahmat deb qolaman.

UMIRQUL MAXMASOLIYEV,
“Samarali muloqot” kursi tinglovchisi, 2020


@Uchinchi_Sektor
236 viewsedited  02:38
Ochish/sharhlash
2020-12-30 16:23:06
#yangiliklar
#ijtimoiy_masala

NJB Sharoit+ imkoniyati cheklangan insonlar uchun maxsus rekruting veb-portali ustida ish olib bormoqda

Toshkent shahar “Sharoit Plyus” nogironlar jamoat birlashmasi O‘zbekistondagi BMTning qo‘shma dasturi doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha kichik loyiha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tanlovida g‘olib bo‘ldi va ushbu loyiha ustida ish boshladi.

Loyihadan ko‘zlangan maqsad Toshkent shahridagi mehnatga layoqatli yoshdagi nogironligi bo‘lgan shaxslarni ochiq mehnat bozorida munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash va ularning ijtimoiy muhofazasini yaxshilashdan iborat.

Batafsil ma’lumot: https://sharoitplus.uz/maxsus-rekruting-veb-portali-loyihasi/

NJB Sharoit+ loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun:
Sharoit+ xayriya| Payme | Click

@Uchinchi_Sektor
623 viewsedited  13:23
Ochish/sharhlash