Get Mystery Box with random crypto!

MENGA ATALGAN SHE’R  Kelmasliging aniq bilsam-da, To tonggach | Uchinchi dunyo🥀

MENGA ATALGAN SHE’R 

Kelmasliging aniq bilsam-da,
To tonggacha kutdim telbavor .
To tonggacha yig’lay olmadim ,
To tonggacha …
Tinmabdi-ku qor ?!

Tuni bilan ruhimni tikdim ,
Ming yerida ming bir yamoqcha .
“Bo’laqol!” deb qistaydi uyqu 
Ko’zlarimni quluflamoqchi .

Hozir yuvib chiqdim ko’nglimni ,
Endi esa ketyapman .
Bo’pti !
Ha ,aytganday ,tushimga kirsang ,
Oyog’ingni artib kir, ho’pmi
Azizbek Hakimov
@uch1nch1_dunyo