Get Mystery Box with random crypto!

#sevimli ​​Seni desam, men aqldan ozaverdim, Xatlar yozdim ha | Uchinchi dunyo🥀

#sevimli

​​Seni desam, men aqldan ozaverdim,
Xatlar yozdim har kun she'rlar qo'sha-qo'sha.
Bitta javob kelmasa ham, yozaverdim,
Sen o'shami, ishqilib?
Men o'sha-o'sha.

O'lmayapman, o'lar holda bo'lsam hamki,
Kelmasmiding mabodo men o'lsam hamki?
Bilmaysan-da, seni shunday qo'msaymanki…
Yuragim ham tugay dedi jo'sha-jo'sha.

Tamom bo'ldim.
Tamom nima, bilasanmi?
"Bo'm-bo'sh ikki tomon" nima, bilasanmi?
Yomon!
O'zi yomon nima, bilasanmi?
Toqatim toq, iztirobim qo'sha-qo'sha.

Bir kelsang-chi!
Yig'lasang-chi boshim silab,
Yig'lasang-chi yuzimdagi yoshim silab!
Yo shivirla mayin-mayin, qoshim silab,
"Mayli, to'yib bi-i-ir yig'lab ol, bo'sha, bo'sha!.."

Tamom bo'ldim.
Tamom nima, bilasanmi..?
Azizbek Hakimov
@uch1nch1_dunyo