Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzingizni ayab yashamang, Azoblaning, seving, sogʻining. Hamm | Uchinchi dunyo🥀

Oʻzingizni ayab yashamang,
Azoblaning, seving, sogʻining.
Hamma guli qirmizi, qon rang,
Yarmi tikon bu ishq bogʻining.

Ruhingizga bedorlik darkor,
Yuragingiz bezovta ursin.
Qarang, xatto oyning dogʻi bor,
O dardsizlik, dogʻsizlik qursin.

Iztirobni muqaddas biling,
Baʼzan toʻlib, toʻkilib yigʻlang.
Muhabbatni ehtiyot qiling,
Oʻzinggizni ehtiyot qilmang!

Ko'hna dunyoga o'zini ovutgani, yuragini sovutgani kelmagan shoira Mehrinoz Abbosovadan


@uch1nch1_dunyo