Get Mystery Box with random crypto!

#Onajon_arafa_oshingiz_qani Mana ikki yildirki, har arafada o | Olimbek Tursunov / Uz Blog

#Onajon_arafa_oshingiz_qani

Mana ikki yildirki, har arafada onam tayyorlagan arafa oshini kutaman!

Onam bozorga chiqardi. Shunday bozor kunlaridan biri arafa kuniga to‘g‘ri keldi. Shu kunlarda onam dalaga chiqib ish qilib kelayotgandi. Bozor kuni bozorga bordi. Soat 3 bo‘ldi, onamni kutyapman bozordan kelmayabdi, 3 yarim keyin esa 4 bo'ldi. Onam kelmadi. Onam kelmaydi, bizni uyda osh bo'lmaydi hayol bilan yuragim to‘lib o‘tirgandim. Darvoza ochildi, men esa yugurdim

-- Ayajon nega kech qoldiz, oshga kech qolamiz, qo'shnilarda uji tayyorku.

-- Qilmasak nima bo'ladi, charchadim juda.

Men esa yuragim to‘ldi, ko‘zim jiqqa yoshga to‘ldi-da ko'chaga qarab yugurdim. Ancha vaqt ko‘chada yurdimda. Onam xafa bo‘ldimikin-a deb asta sekin uyga kirdim. Ne ko‘z bilan qarayki, onam osh damlab shakarob tayyorlayotgandi. Keldingmi hozir oshni solib beraman, katta tog'angnikiga olib bor dedi . Ona uyga yana qaytsam osh qilib berasizmi? Arafa osh qilinmayatganligi uchun yana ko'chaga ketganman.

Onajon arafa oshingiz qani?

https://t.me/Tursunov_Olimbek