Get Mystery Box with random crypto!

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga zamonaviy kasblar, ax | Olimbek Tursunov / Uz Blog

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni oʻrganishi uchun har biriga oyiga 1 million 200 ming soʻmdan subsidiya beriladi.

Shuningdek, yoshlarga ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi toʻgaraklar uchun 6 oy davomida 300 ming soʻmdan pul toʻlanadi.

Ularga ushbu yoʻnalishlar boʻyicha mahalliy olimpiadalarda qatnashish xarajatlari uchun – 1 million 200 ming soʻmdan, nufuzli xalqaro olimpiadalar uchun – 12 million soʻmdan mablagʻ ajratiladi.

«Bundan buyon har yili oliygohlarning sirtqi boʻlimiga oʻqishga qabul qilingan 500 nafar eng faol yoshlar yetakchilarining kontrakt toʻlovlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan toʻlab beriladi»
_______________

Musiqa san'atiga qiziqishi baland bo‘lgan yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab:
maqom xonandaligi, maqom cholg‘u ijrochiligi va baxshichilik yo‘nalishlariga yangi qabul qilingan talabalarning shartnoma to‘lovlari to‘liq davlat tomonidan toʻlab beriladi;
fortepiano
ijrochilari tayyorlash bo‘yicha qabulni 3 barobarga ko‘paytirib, bu yo‘nalishda ham kontrakt to‘lovlari to‘la qoplab beriladi.

Bundan buyon xususiy taʼlim muassasalarida IT boʻyicha oʻqish (dasturlash, veb-dizayner, animatsiya) istagini bildirgan yoshlarga ham 20 million soʻmgacha miqdorda 4 yillik imtiyozli kredit taqdim etiladi.

https://t.me/Tursunov_Olimbek