Get Mystery Box with random crypto!

Qavmi Turoniya Avlodi Yofasdin mönğul qiyofatli bir odam (mua | TURKIY SÖZ | Adabiy-ijtimoiy portal

Qavmi Turoniya

Avlodi Yofasdin mönğul qiyofatli bir odam (muarrixlar qavlincha Turk) qavm va qabilasi ila Osiyo örtalarinda Issiqöl va Oltoy toğlari tegrasina kelub yerlashmishdir. Zamon köb özuvi birla bular ham albatta köbaymishlar.

Tabiiy, avvalği örinlarina siğmay turli tarafğa sochilurga majbur ölmishdirlar. Bular ham qavmi oriyoniya kabi juda köb shöbalarga bölindilar. Har qoyusi bir tarafga kelub yerlashdilar. Va yo köchma maishat etdilar.

Qavmi Turoniyaning köbragi köchma maishatli ölduqlarindin oyriluvlari, qabilalarga bölinuvlari ham juda tez ölur edi.

Ammo oralarinda birindin quvvatli va nufuzli xon chiqsa yana birga jiyiluvlari ham juda tez ölur edi. Quvvatli xonning favti ila yana bölinur edilar.

Torix va ilmi qiyofat va ilm as-sina ulamosining taftish va tahqiqi ila qavmi Turoniyadin ushbu qavmlar sonolanadir: Xitoy — Chin; Hinduxitoy — Mochin, Tibet, Onnom xalqlari, Yopun qavmi, Qöriyo xalqlari, Fin uruğlari, Turk xalqi, Totor va Manğullar, Tunğuslar, Buryotlar, Moloy uruğlari qutb-shimol tarafindaği Ğipirburi xalqlari, Yöqoğir, Ğilok, Oyn, Komchodali, Chuqut, Quryok, Numulus, Iskimus, Olyut, Tilinğut va ğayrlar.

Bu ilm ila uzoq vaqt shuğullanmish va yaqin oshnolanmish nemis ulamosindin ontrupulug Fridrix Mullir qavmi Turoniyadin ellik ikki qavm sonaydir. Ushbunda zikr etilmishlardin ba’zilari yana köb qavmga bölinadilar. Masalan, turk uruği qavmi ön yetti uluğ firqaga bölinmishdir.

Ushbu qavmlar borchasi forsiylarning Turon otomishlari Turkiston sahrosindin sochilmish xalq ölduqlari uchun qavmi Turoniya otolmishdirlar. Tub örinlari Oltoy toğlari öldiğindin Oltoy qavmlari, xalqiningda köbragi Uğir va yo Uyğur ismindagi qabiladin toroldiği uchun Uğir-Oltoy guruhi otolmishlardir.

Har qoyularining siymo va qiyofatlarinda manğul qiyofati öldiğindin Manğul va yo Manğul ravishli qavmlar otolmishdirlar. Turk uruğlarining ham borcha shöbalarinda manğul qiyofati ochiq mushohada ölinmishdir.

Boshqa qavmlar ila qotishmagan xolis turklar xos manğullardanda ortiqroq manğul qiyofatinda tobilmishlardir.

Bu sababdin qavmi Turoniyaning umumiy uluğ otolari Turk juda manğul qiyofatli öluvini gumon etmishdirlar. Buning uchun manğul ravishli qavmlarning borchasi, ya’ni qavmi Turoniya “Turk uruği qavmlari” otolmishdirlar.

Hasan Ato Abushiy,
“Turkiy qavmlar tarixi” asaridan.

@turkiysoz