Get Mystery Box with random crypto!

Turkiyadagi Talabadan...| Yulduzlar tomon

Telegram kanalining logotibi turkiyadagi_talabadan — Turkiyadagi Talabadan...| Yulduzlar tomon T
Telegram kanalining logotibi turkiyadagi_talabadan — Turkiyadagi Talabadan...| Yulduzlar tomon
Kanal manzili: @turkiyadagi_talabadan
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.24K
Kanalning ta’rifi

Turkiyaning Karabük Universiteti talabasi Salohiddinning telegram kanali
• Turkiyadagi ta'lim
• ma'lumot
• kuzatuv
• sayohat
• kitob
• psixologiya
Youtube kanal👇
https://youtube.com/channel/UC21xuIc_L5gv-Ca0Ue7_Uaw
Murojaat :👉 @Salohiddin_aloqabot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2022-06-28 14:52:31 «Hujjatlarni qayerdan tarjima qilaman? Denklik nima?»,

Ko'pchilik shu savollarni berayapti. Oydinlik kiritib ketsam shu savollarga.

Denklik bu- O'zbekistonda ta'lim olgan litsey yoki maktabingizdan olgan diplom yoki atestatingizni Turkiya o'rta ta'limiga tenglashtirib beruvchi hujjat.

Qayerdan olinadi?(Bakalavrga topshiradiganlar uchun)

Turkiya elchixonasidagi ta'lim bo'limidan olinadi. Tarjima qilingan hujjatlaringizni va ma'lum denklik anketasini to'ldirib murojaat qilasiz. 1 hafta atrofida chiqarib beradi.

Hujjatlarni tarjima qilish bo'yicha savollarga keladigan bo'lsak. 3 yildan beri, o'zim va tanishlarim hujjatlarini tarjima qildiradigan va har doim menga murojaat qiladigan kishilarga tavsiya qiladigan Toshkentda joylashgan «Xizmatlar dunyosi» tarjima markazida ishlaydigan Go'zal opaga murojaat qilishni sizga ham tavsiya qilaman.

Narxlari ham qulay:

Pasport+atestat tarjima qilish va elchixonadan tasdiqlatish 150 ming so'm.

Pasport+litsey/kollej diplom tarjima va tasdiqlatish 200 ming so'm.

Va notarusga borishingiz shart ham emas. Hujjatlaringizni elektron variantini yuborsangiz, tarjima qilib beradilar.

Bundan tashqari denklik uchun anketasingizni ham tekin to'ldirib beradilar. O'zingiz kelib elchihonaga topshirshingiz kerak bo'ladi faqat bu anketani.

Agar o'zim Toshkentga kelolmayman desangiz Gözal opaga «dovernos» qilib berasiz. O'zlari borib denklikka topshirib beradilar. Faqat bunga qo'shimcha 150 ming to'lov qilasiz.

Go'zal opaning telefon nomerlari: +998909115659

Telegrami : Go'zal opa telegram

Murojaat qilayotganingizda Go'zal opaga mening salomim yetkazib qo'ysangiz, hujjatlaringizni tezroq tayyorlab beradilar

Magistratura va doktoranturaga topshiradiganlar ham hujjatlarni shu yerdan tarjima qildirishingiz mumkin.(Narxini o'zlaridan so'raysizlar)

Faqat siz denklik yoki «tanıma belgesi» olishingiz kerak bo'lsa, elchixonadan hujjatlarni apostil qildirib, maxsus sayt https://denklik.yok.gov.tr orqali online ariza topshirasiz.



Kanalga ulanish
@turkiyadagi_talabadan
3.1K viewsedited  11:52
Ochish/sharhlash
2022-06-28 12:49:38 Sakarya universiteti kvotalar soni va yillik kontrakt narxlari(bu yildan o'zgarishi mumkin)

Kvotalar bölümlar kesimida berilgan.

Kontrakt narxlari "dönemlik"(1 semestr) uchun ko'rsatilgan. Yillik kontrakt bu yerda keltirilgan narxning 2 baravari.
Kontrakt narxlari turk lirasida yozilgan.

Kanalga ulanish
@turkiyadagi_talabadan
1.2K views09:49
Ochish/sharhlash
2022-06-27 17:59:34 Yaxshi ishni ertaroq qilgan ma'qul.
Yoxud TÖMER til kursi yangi narxlari haqida.

Menga 3-4 oydan beri yozib, Turkiyada talaba bo'lishni istayotganini aytib, hamma narsani, mayda ikir-chikirigacha so'rab, lekin haliyam topshirmagan, hatto hujjatiniyam tarjima qilib, tayyorlamangan juda ko'p odam bor.

Lekin 1 hafta oldin yozib, bir hafta ichida hujjatlarini tahlab, topshirib talaba bo'lganlar ham bor.

Buni nima uchun aytayapman. Bugun Karabuk universiteti TÖMER har bitta daraja uchun 1-iyuldan yangi narxlarni e'lon qildi. Iyuldan har bitta daraja uchun narxlar 2000 turk lirasi yani hozirgi kurs bilan 125$ qilib belgilandi.

Oldingi narx 1200 lira yani 75 dollar edi.

Katta ehtimol bilan boshqa universitetlarda ham narxlar yangilanadi. Ertaroq topshirib, talaba bo'lganlar kelib, ro'yxatdan o'tib, arzonroq narxda to'lov qilishdi. Har kuni savol berib, hujjatini tahlamay sudrab yurganlar haliyam yuribdi.

Bundan tashqari nechta universitetning qabuli ochilib, yopilib ketti.

O'rtolar bir narsani unutmang. Qancha ertaroq harakat qilsangiz shuncha yaxshi.

Birinchidan qabullar yopilmasdan, istagan universitetingizga, istagan fakultetingizga topshirasiz.
Ikkinchidan talaba bo'lsangiz, ertaroq kelib, ro'yxatdan o'tib, narxlar yana oshib ketmasdan, til kursiga yozilasiz agar turkcha bilmasangiz.

Har kuni mayda chuyda narsalarni so'rayverib, lekin oddiy hujjatingizni tarjima qildirishga kelganda qilmayotgan bo'lsangiz, Turkiyada o'qish haqida unuting. Va boshqa ishni ko'ring.

Kanalga ulanish
@turkiyadagi_talabadan
1.2K views14:59
Ochish/sharhlash