Get Mystery Box with random crypto!

Turkiyadagi Talabadan...| Yulduzlar tomon

Telegram kanalining logotibi turkiyadagi_talabadan — Turkiyadagi Talabadan...| Yulduzlar tomon T
Telegram kanalining logotibi turkiyadagi_talabadan — Turkiyadagi Talabadan...| Yulduzlar tomon
Kanal manzili: @turkiyadagi_talabadan
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.24K
Kanalning ta’rifi

Turkiyaning Karabük Universiteti talabasi Salohiddinning telegram kanali
• Turkiyadagi ta'lim
• ma'lumot
• kuzatuv
• sayohat
• kitob
• psixologiya
Youtube kanal👇
https://youtube.com/channel/UC21xuIc_L5gv-Ca0Ue7_Uaw
Murojaat :👉 @Salohiddin_aloqabot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-20 16:14:40 Turkiyaning Alanya Alaaddin Keykubat universitetida ushbu bo'sh qolgan kvotalarga qabul davom etmoqda.

Savol va murojaatlar uchun @Salokhiddin_Uzb orqali yozishingiz mumkin.

Kanalga ulanish
@turkiyadagi_talabadan
1.3K viewsedited  13:14
Ochish/sharhlash
2022-08-19 00:56:47
Karabuk universiteti Tibbiyot fakulteti(Davolash ishi)

Kanalga ulanish
@turkiyadagi_talabadan
1.5K viewsedited  21:56
Ochish/sharhlash
2022-08-17 18:48:39 Turkiyaning Alanya Kaykubet universitetida bakalavr bosqichi uchun qo'shimcha kvotalarga qabullar ochiq.

Hujjatlarni tayyorlash va tarjima qilish.
Arizalarni topshirish.
Talabalikka qabul qilingandan keyin kutib olish, yotoqxonaga joylash va boshqa amaliy xizmatlar uchun. @Salokhiddin_Uzb orqali murojaat qilishingiz mumkin!

Not:

Faqat o'qishga kirganidan keyin o'qiydiganlar mutojaat qilsin!

Kanalga ulanish
@turkiyadagi_talabadan
1.6K viewsedited  15:48
Ochish/sharhlash
2022-08-16 18:31:21 Turkiyada nomutaxassiz fakultetga magistraturaga o'qisa bo'ladimi?

Menga magistratura o'qimoqchi bo'lib murojaat qiladiganlarning 70-80%i bakalavrda o'qigan yo'nalishidan boshqa yo'nalishga magistratura o'qimochiligini aytadi.

Buning iloji bormi?

Ha bor. Lekin qiyin va noyob. Hamma universitetlar ham bunga ruxsat bermaydi. Va hamma fakuktetlarga ham kirib bo'lmaydi.

Turkchada magistratura uchun «Alan dışı» va «Alaniçi» qabul degan tushuncha bor.

Bunda «Alandışı» qabul bu bakalavr boshqa fakultet bo'lsa ham, qabul qilinadi degani. «Alaniçi» qabulida esa bakalavr yo'nalishi topshirilayotgan magistratura fakulteti bilan bir xil bo'lishi yoki yaqin bir yo'nalish bo'lishini talab qiladi.

«Alandışı» qabullari aytganimdek juda nodir universitetlarda bor. Va bazi fakultetlar uchun oz sonli kvora ajratiladi. Magistraturaga qabul jarayonida «öncelik»(birinchi navbatda) fakuktet bir xilligiga e'tibor qaratiladi. Agar joylar to'lmasa, keyin boshqa fakultetlardan ham olishi mumkin.

Ha, agar universitetdagi o'qituvchi tanish bo'lsa, yoki gmail yuborib o'qituvchini shu yo'nalishda o'qib ketishingizga ishontira olsangiz balki yana bir imkoniyatingiz bo'lar(bu ham hammasida emas, Sotsial bilimlar fakulteti uchun ko'proq).

Tavsiyam:

Shu tarzda bakalavrda o'qigan fakuktetidan mamnun bo'lmay, magistraturasini boshqa yo'nalishda o'qishga harakat qilgandan ko'ra, agar vaqtim ketadi, demasangiz va yosh bo'lsangiz o'sha o'zingiz qiziqqan sohada Turkiyada bakavr bosqichini o'qing.
Keyinchalik o'sha sohada ilmiy hayotingizni davom ettirishingizga ancha qulay va yaxshi bo'ladi.

Bakalavr bosqichini o'qishning yana bir ustun tarafi, mana bu yerda yozganimdek 4 yil ichida yana boshqa sohaniyam qo'shib o'qib, 2 ta bakalvr diplomi bilan tamomlashingiz mumkin 4 yil ichida.

Agar bakalavr o'qishga vaqt yo'q bo'lsa, magistraturaga tezroq va osonroq qabul qilinish uchun bakalavrda o'qigan sohangizga topshirishga töğri keladi.

Kanalga ulanish
@turkiyadagi_talabadan
1.6K views15:31
Ochish/sharhlash
2022-08-15 14:00:17 Arzon narsaning qadri yo'q!

Firmasiz o'qishga kirishimga yordam bering deb murojaat qilganlarga, yordam berdim. Har bittasiga 6-7 ta universitetga topshirdim.

Dengizli joyga deganiga, dengizli joyga topshirdim. Kirdi. Istanbulga yaqin deganiga Istanbulga yaqiniga kirdi. Arzonroq degani, arzonroğiga kirdi. Ba'zilari 2 talab universitetga kirdi.

Jami 5-6 ta o'quvchi o'qishga kirdi. Faqatgina bittagina o'quvchim o'qidi xolos. Qolganlari esa, topshirib bergunimcha har yarim soatda yozaverib ezib yuborgandi. Kirganidan keyin esa, «Dadam bilan maslahatlashay, ammam bilan maslahatlashay» deb yo o'qimadi. Yo yo'q bo'lib ketti.

Firmaga 10-12 mlnlab pul to'lab, kirganda edi. Na dengiz tanlardi, na boshqa narsa. Kelib o'qirdi. Qancha comfort qilib bersang, shuncha noshukurlik.

Qaytanga aniq kelib o'qiydiganlari kirolmay qoldi. Qaniydi shular kirganda.
Meniyam o'ziniyam axmoq qilib, vaqtini bekorga ketkazib, joyni bekorga band qilganlarning o'rniga o'qiydiganlar kirsa.

Rostan biznikilar, arzon va yaxshi narsaning qadrini bilmaydi. Cho'ntagidan ancha pul sarflasagina o'sha narsaning qadriga yetadi.

Bundan keyin agar universitetga kirib turib, o'qimasangiz, menga yordam bering deb yozmang.

@turkiyadagi_talabadan_life
1.5K views11:00
Ochish/sharhlash
2022-08-14 16:43:47 ​​ Turkiyada doktor bo'lish va tibbiyot ta'limi

Turkiya tibbiyot ta'limi ancha rivojlangan davlat hisoblanadi. Deyarli har bir universitetning o'z kasalxonasi mavjud.

Turkiyada eng yuqori maosh egalari ham doktorlar hisoblanadi(hali bu mavzuda alohida post yozaman). Shunga yarasha tibbiyot fakuktetini qozonish ham qiyin. Turkiya vatandoshlari ham, chet elliklar ham imtihonlardan eng yuqori ballarni olish kerak.

Chet ellik talabalar uchun kontrakt narxlari tibbiyot(davolash ishi) bo'limida qolgan bo'limlarga nisbatatan ancha qimmatroq. Masalan bironta davlat universitetida boshqa fakuktetlarning o'rtacha kontrakt narxi chet elliklar uchun 500$ bo'lsa, tibbiyot fakuktetiniki 2500$-3000$ atrofida.

Tibbiyot davolash ishida bakalavr bosqichi 6 yil. Semestr baholash tizimi, imtihonlar ham boshqa fakuktetlarga nisbatan farqli bo'ladi.(Biron kun tibbiyotda o'qiydigan talaba bilan video olib joylayman o'qish boshlansa)

_Tibbiyot bakalavrga imtihonsiz kirsa bo'ladimi?

Ko'pchilik shu savolni beradi. Firma orqali kirsa bo'ladimi? Yoki diplom baholari bilan kirsa bo'ladimi degan tarzda.

Odatda tibbiyot bo'limiga faqat YÖS sinovi orqali kirish mumkin. YÖS sinovidan kamida 90-95 ball olishingiz kerak.

Ba'zi uncha tanilmagan universitetlarda bo'sh kvotalar qolib ketgan bo'lsa, diplom baholari bilan olishi mumkin. Undayam atestatdagu bahoyingiz o'rtalamasi 95- 100 bo'lishi kerak. Tushunarli qilib aytganda, umuman 4 bo'lmasligi kerak.

Endi firma orqali kirish mumkinmi degan savolga shunday javob beraman. Ko'pchilik firmalar tibbiyotga joylay olmaydi. Chunki universitet kvota bermaydi. Balki qaysidir firma kvota ololsayam narxi juda qimmat bo'ladi(kamida 10-15 ming dollar).

Ha, xususiy universitetlarga kirish mumkindir. Lekin xususiy universitetlarda kontrakt narxi 25-30 ming dollar atrofida bo'ladi.

Endi bakalavr bosqichidan keyingi bosqichlarga kelsak:

Bakalavrni tugatgandan keyin sizda 2 ta yo'l bor. Biron sohada doktor, jarroh bo'lishni istasangiz «uzmanlık» o'qishingiz kerak. Yani siz «Uzmanlık»ni tugatganingizdan keyin, biron sohada pratik doktor bo'lib chiqasiz.

Agar teorik, ilmiy sohada ketaman desangiz magistratura o'qiysiz. Bunda siz jarrohlik qilolmaysiz. Teorik ilmiy sohada ketasiz. Jarrohlik sohasida Turkiyada magistratura bosqichi uchun deyarli kvotalar ajratilmaydi.

Qisqacha bosqichlar

Uzmanlik o'qish:
(4-6 yil klinikada bo'ladi)

1) STS - seviye tespit sınavı
2) Mecburi staj
3) YDS - yabancı dil sınavı
4) TYS - türkçe yeterlilik sınavı
4) TUS - tıpta uzmanlık sınavı


Magstratura o'qish:
(2-4 yil. Universitetda bo'ldi)

1. TYS - türkçe yeterlilik sınavı
2. ALES - akademik lisansüstü eğitim sinavı
3. Mülakat sınavı
4. Diploma tanıma belgesi.

Hali bu mavzuda bitta alohida video youtube kanalimga ham joylayman.


Kanalga ulanish
@turkiyadagi_talabadan
1.6K viewsedited  13:43
Ochish/sharhlash
2022-08-14 13:10:18 Turk tili online kursi A1 darajasidan(0 dan) yangi guruh ochiladi. Darslar online shaklda o'tiladi. Qatnashmochi bo'lganlar @Salokhiddin_Uzb orqali yozsin. P.S Iltimos qatnashishga jiddiy niyati borlar yozsin. Guruhga 10 kishi olinadi. 1 ta 2 ta darsga…
1.5K viewsedited  10:10
Ochish/sharhlash
2022-08-10 17:13:56


O'zbekistonda test natijalari e'lon qilindi. Kimlardir xafa, kam ball to'plaganidan.

Xafa bo'lishga hojat yo'q. Sizda Turkiyada talaba bo'lish imkoni bor.

Turkiyaning Karabuk davlat universitetining 50 dan ortiq fakultetiga imtihonsiz qabullar davom etmoqda.

Ma'lumot uchun @Salokhiddin_Uzb orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Kvotalar soni cheklanganini aytib o'tishim kerak.

Kanalga ulanish
@turkiyadagi_talabadan
2.5K viewsedited  14:13
Ochish/sharhlash
2022-08-09 06:32:16
Iya Kiz Kulesi tamirda ekanku. Nega aytmadinglar Istanbuldagilar.

Ehh, buni tomosha qilib o'tirish boshqacha edida:)

@turkiyadagi_talabadan
2.4K views03:32
Ochish/sharhlash
2022-08-08 22:10:11 Yarin sabahi Istanbul Uskudar Kız külesi karşısında çay ve simitle karşılarım inşaallah.
Gelmek isteyenler gelsin. Çaylar benden
https://t.me/turkiyadagi_talabadan_life/121
2.3K views19:10
Ochish/sharhlash