Get Mystery Box with random crypto!

1. Spending less - kamroq xarajat qilish. 2. Investing more - | Turdalieva's

1. Spending less - kamroq xarajat qilish.

2. Investing more - ko'proq investitsiya/sarmoya kiritish.


Xo'p, ikkalasi ham biz uchun "cash out" ya'ni chiqim. Unda nega, bittasini kamroq, bittasini ko'proq qilish kerak?

O'zimning shaxsiy fikrim bo'yicha misol keltiray. Men uchun kamroq xarajat qilish bu qandaydir brendga tegishli qimmat futbolkaning o'rnini bosa oladigan arzonroq futfolkani sotib olish. Yoki rosa ham olgim kelgan bloknotni, olmasam ham bemalol dars tayyorlay olishimni bilganim uchun o'sha "sevib qolgan" bloknotimni shopping listimdan o'chirib tashlash ham kamroq xarajat qilish. MacBook olgim kelsa, hozircha, HP ham yaxshi ishlab turganini eslab, MacBookni xayoldan chiqarish ham xarajatni kamaytirish bo'lishi mumkin. Bir marta kiyiladimi yo'qmi, shunchaki yoqib qolgani uchun kiyim sotib olishni to'xtatish.

Investitsiya qilish esa, undan olgan bilimim yig'ilib bir kun manfaatli bo'lishini bilib, biror kitobni sotib olib, o'qish. Yoki, uzoq muddatda foyda beradi deb o'ylagan kompaniyalarning aksiyalarini sotib olish(moliyaviy investitsiya). Qornim rosa ham och bo'lsa, oqibati yomon bo'lishini bilib, pul qizg'anmay, vaqtida ovqat sotib olib, yeyish. Deylik, ko'proq pul topishim uchun tiniq va sifatli kamera juda ham zarur, unda IPhone 13ni qo'rqmay sotib olaman, chunki bilaman u orqali samaraliroq ishlayman.

E'tibor bergan bo'lsangiz, xarajat qilish bilan investitsiya/sarmoya kiritishning farqi bor. Investitsiya kiritish kelajakda bizga qandaydir(ma'naviy, moddiy...) manfaat/foyda keltiradi. Lekin ayrim xarajatlarsiz ham yashay olamiz, kunimiz o'tadi va ulardan voz kechishimiz mumkin.

Xo'p, farqi bor, innan keyinchi?

Birinchi bo'lib, pulni avvaldan reja qilishni o'rganish kerak. 50 000 yoki 5 000 000 farqi yo'q, istalgan miqdordagi pulni qayerga ketayotganini bilish lozim. Avvaldan reja qilsangiz, xarid qilmoqchi bo'lganingiz, aslida shunchaki o'tkinchi xarajatmi yoki zaruriyatni qondiradimi, yoki kelajakda manfaat keltiradimi yo'qmi deb o'ylab ko'rishga vaqtingiz bo'ladi.

Shunday qilib, nafsimizni sal jilovlab, ayrim zarur bo'lmagan xarajatlarimizni kamaytirib, o'rniga kelajakda manfaatli bo'ladigan narsalar/ishlarga sarf-xarajat qilishni boshlasak "boy" bo'lishimizga katta yordam beradi, menimcha ("boyib ketish" haqida video ko'rib, kurs olgandan ko'ra).

Xullas, qo'lga pul tushdimi, hali reja qilinmagan bo'lsa va qorin och vaqtda bozorga bormaslik kerak, shunda "boy" bo'lishimiz ehtimoli oshadi .

P.S:
sizningcha, nega "boy" so'zini qo'shtirnoq ichida yozdim?)

#finance #personalfinance #investment
@emeti_zzz