Get Mystery Box with random crypto!

jami daromad - jami xarajat = sof foyda Yuqoridagi formulacha | Turdalieva's

jami daromad - jami xarajat = sof foyda

Yuqoridagi formulachani hamma bilsa kerak, oddiy foydani hisoblash formulasi. Masalan, 3000 so'mdan non sotib olib, 3200 dan sotsam, xarajat = 3000, daromad = 3200 so'm, foyda = 3200 - 3000 = 200 so'm.

Endi qo'shimcha kiritamiz hozirgi vaqtda qaror qabul qilayotganda yuqoridagi formualadagi barcha o'zgaruvchilarni(daromad, xarajat, foyda), shaxsiy xohish-istaklarni chetga surib, hozirgi kundagi raqobatbardosh bozordagi narx bilan hisoblash kerak.

Tepadagi savolga qaytsak, bizda bor variantlarni ko'rib chiqaylik:

Yoqtirmaydigan konsert biletini olish:

4 * 40k = 160k so'm qiymatdagi prizni olamiz, lekin o'zimizga yoqmagan konsert ga tushamiz

Yoqadigan konsert uchun berilgan biletlarni olish:

2 * 45k = 90k so'm qiymatdagi prizni olamiz, va maza qilamiz konsertda

Avval, o'zimizga yoqmaydigan konsert biletini olamiz:
4 * 40 = 160k

Keyin, ularni 30k so'mdan saytda sotamiz:
4 * 30k = 120k

Saytdan o'zimizga yoqadigan konsert uchun bilet sotib olamiz:
120k - 2 * 50k = 20k so'm foyda qilamiz va konsertda maza qilamiz.


1- va 2-variantda, bozor narxi emas balki biletning ustida yozib qo'yilgan nominal qiymati bilan hisoblaganda foyda ko'rmadik. Shunchaki prizni qabul qildik, bittasida konsert dan rohatlanmadik, bittasida rohatlandik.

3-variantda esa, competitive market(ya'ni bilet oldi-sotdisi olib boriladigan sayt) price ya'ni raqobatbardosh bozor narxida hisobladik. Bunda, konsertda maza qilib, 20k so'm obed pulini chiqarib ham oldik.) Qisqasi eng optimal variantni tanladik.


Competitive market - raqobatbardosh bozor - bu istalgan sotuvchi bemalol o'zining mahsulotini sota oladigan, istalgan xaridor kelib izlagan mahsulotini xarid qila oladigan erkin bozor. Ya'ni bunda narx bozordagi taklif(sotuvchi tomonidan) va talab(xaridor tomonidan) orqali belgilanadi, monopolist sotuvchi yoki xaridor tomonidan emas.

#finance #economics
@emeti_zzz