Get Mystery Box with random crypto!

Qiziqarli matnning 7ta siri. 1. Qiziqarli yozish senga ko'p | Turar | Blog

Qiziqarli matnning 7ta siri.

1. Qiziqarli yozish senga ko'p kerak bo'ladi. Biznesda, ishda, insholarda yoki blog yuritishda. Hamma o'qishni xohlaydigan matnlarni yozish qiyin emas. 7ta narsaga amal qilishni boshlasang bo'ldi:

2. Gapirganing kabi yoz. Gaplashganda qo'llanmaydigan so'zlarni ishlatma. Shunisi tabiiy.

3. O'quvchilaring va o'zing o'rtangda to'siq qo'yma. O'zingni ulardan baland tutma. Biror narsani uzoq tushuntirib o'tirma.

4. Ro'yxatlar ishlat. Odamlar ro'yxatlarni yaxshi ko'rishadi. Paragraflarga bo'linmagan uzun matnni hech kim o'qigisi kelmaydi.

5. Gapni uzoqdan olib kelmasdan darrov boshlayver. Qisqa bu - yaxshi. Uzun - zerikarli.

6. Yozganingni o'qib ko'r. Notabiiy chiqqan joylarini o'zgartir. Keyin yana o'qib ko'r.

7. Izohlar qoldirishga targ'ib qil. Izohlar qiziq. Men ularni doim o'qiyman.

8. Yoz. Berkitma. Qog'ozga o'rama. Ichingda borini chiqar. O'zing xursand bo'lasan hali.

@azizrakhimov_blog