Get Mystery Box with random crypto!

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologi | TATU | Rasmiy kanali

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov TATU Urganch filiali xodimlari va professor-o'qituvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar

Ochiq muloqotda Universitetimiz rektori filial xodimlariga bugungi kunda yoshlarning bilim olishlari va o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun barcha sharoitlar yaratilganligini ta’kidladilar.

Uchrashuv jarayonida filialning yangi o’quv yiliga naqadar tayyorligi, OTMni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarni ishga joylashganlik masalalari, ilmiy grant loyihalarida ishtirok etish, nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish bilan bo’g’liq bo’lgan masalalar muhokama qilindi.

Universitet rektori uchrashuv so‘ngida TATU Urganch filiali professor-o’qituvchilar ishlari va izlanishlarida muvaffaqiyatlar tiladilar.