Get Mystery Box with random crypto!

#tajriba_almashish Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi | TTYESI xabarlari

#tajriba_almashish

Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi “O'zbekiston-Qozog'istonda charm va charm buyumlari ishlab chiqarishda innovatsion rivojlantirish” loyihasi doirasida, loyiha partnyorlaridan CRE.Thi Dev kompaniyasi mutaxassisi Agni Vytaniotou tomonidan olib borilgan seminar-trening “Barqaror rivojlanishga kirish” mavzusiga bag'ishlandi.

Unda poyabzal sanoatining atrof-muhitga keltiradigan zararlari, ekologik muammolar va ularning yechimlari, “Yashil poyabzal” ishlab chiqarish imkoniyatlari, bugungi kunda dunyo miqyosida poyabzal kompaniyalarining iqtisodiy barqarorligini tashkil etuvchi sifat va samaradorlik ko'rsatkichlari to'g'risida maʼruza qilindi.

@ttyesixabarlari