Get Mystery Box with random crypto!

#iftixor Xalqning erkinligi kafolati bo‘lgan yangilanayo | TTYESI xabarlari

#iftixor

Xalqning erkinligi kafolati bo‘lgan yangilanayotgan Konstitusiyamizning 50- va 52-moddalarida jamiyatimizda o‘qituvchining maqomi va o‘rniga bag‘ishlangan alohida moddalar kiritilayotgani endilikda “Ustoz” kalomining faqatgina badiiy jumlalarda balandparvoz ibora bo‘lib qo‘llanilishi bo‘lib qolmay, uning sha’ni va qadr-qimmati baland bo‘lgan, kelajak avlodni barkamol shaxs, komil inson qilib tarbiyalovchi ustoz-pedagoglarimizning o‘rni va kasbiy o‘sishiga bo‘lgan g‘amxo‘rligi mujassamlashganini ta’kidlash lozim.

Jumladan, institutimizda ham ko‘p yillardan beri faoliyat yuritib kelayotgan, o‘z o‘rni va maqeiga ega bo‘lgan tajribali ustozlarimiz talaygina. Shulardan "Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi" kafedrasi professori, texnika fanlari doktori, sevimli ustozimiz Babaxanova Xalima Abishevna muborak yoshni qarshilagani munosabati bilan institut rahbariyati tomonidan alohida e’tirof etildi.

Matbaa sohasi uchun malakali mutaxassis tayyorlash bilan birga kafedraning ilmiy salohiyatini oshirishda beminnat hissa qo‘shib kelayotgan qadrli ustozni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori U.Abdullayev va Matbaa texnologiyalari fakulteti dekani X.Temirovlar qutlab, esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

Shogirdlar ardog‘idagi mehribon va jonkuyar ustozimiz Xalima Abishevnaga hayot va ilm yo‘lidagi samarali faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz.

@ttyesixabarlari