Get Mystery Box with random crypto!

Qo'niqsoy, Chotqol tizmasi. Chotqol tog'larida bahorning bosh | Trekking Uzbekistan

Qo'niqsoy, Chotqol tizmasi.

Chotqol tog'larida bahorning boshlanishi unutilmas va juda ajoyibdir. Ayni damda tog' yonbag'rida joylashgan keng qir-adirlarda mevali daraxtlar uyg'onmoqda, shuningdek, yam-yashil o'tloqlar va bahor gullariga to'lgan maydonlar hosil bo'lgan. Daraxtlarning faol gullashiga juda oz qoldi va ko'pchilik kutayotgan lahza yaqinlashmoqda. O't-o'lanlardan hosil bo'lgan yashil gilamning ko'rinishi va hali ham qorli go'zal cho'qqilar bu sayohatni yanada zavqliroq qiladi. Agar Qo'niqsoyga borish uchun sizning o'z jamoangiz mavjud bo'lsa (10-25 kishi atrofida) sayohat kunini kutib o'tirmang va o'zingizga ma'qul kunni belgilab bizga murojaat qiling.

Ekoturizm @trekking_uz