Get Mystery Box with random crypto!

Yuzruk yuqori oqimi tomon, Chotqol tog'lari. O'zbekistonda sa | Trekking Uzbekistan

Yuzruk yuqori oqimi tomon, Chotqol tog'lari.

O'zbekistonda sayyohlarga ma'lum bo'lmagan juda ko'plab hududlar mavjud. Biz ularni izlab topib sayohat ishqibozlariga ko'rsatishga harakat qilamiz. Ko'plab odamlar hudud joylashuvini (локация) so'rashmoqda. Afsuski bu narsa berilmaydi, mayli biladiganlar borib aylanib kelsin (lokatsiya bo'yicha borayotganlarning juda ko'pchiligi tabiatga chiqindi tashlab kelmoqda). Bizning qilayotgan ishlarimiz ekoturizm sohasiga qaratilgan va biz sayyohlarimizni tabiatga chiqindi tashlamasligini qattiq nazorat qilamiz.

Trekking Uzbekistan'da hozircha 80 ga yaqin manzillar mavjud, bu hududlarni mavsumiga qarab birin-ketin e'lon qilib boramiz. Bahor mavsumida Yuzruk vodiysiga borishning ayni vaqti, agar sizning o'z jamoangiz mavjud bo'lsa.(10-25 kishi atrofida) sayohat kunini kutib o'tirmang va o'zingizga ma'qul kunni belgilab bizga murojaat qiling.

Ekoturizm @trekking_uz