Get Mystery Box with random crypto!

BAXT IZLAGAN BO’YDOQLAR Tunda borib qizlarga, Tayoq yegan say | To‘y Bob She'rlar ✔️

BAXT IZLAGAN BO’YDOQLAR

Tunda borib qizlarga,
Tayoq yegan sayoqlar.
Nima gaplar olamda,
Baxt izlagan bo’ydoqlar.

Ko’zlar o’ynab har tomon,
Yolg’izlik juda yomon,
Omonmisiz siz omon,
Baxt izlagan bo’ydoqlar.

Yaxshi qizni izlaysiz,
Vaqt o’tyabdi bilmaysiz,
Qachongacha tanlaysiz,
Baxt izlagan bo’ydoqlar.

Yuztasini sevgansiz,
Yuz hil vada bergansiz,
So’zlarimga kulmang siz,
Baxt izlagan bo’ydoqlar.

Har kuni osh jizzada,
Sho’rva ichar ko’zada,
Bo’ydoqlik ham mazzada,
Baxt izlagan bo’ydoqlar.

Uyqu bilmay kechalar,
Yostiq kuchar nechalar,
Yolg’izlik kuyin chalar,
Baxt izlagan bo’ydoqlar.

Uylansangiz yo’q bo’lar,
Yoqadagi bu dog’lar.
To’yingizda o’ynaylik,
Baxt izlagan bo’ydoqlar.

http://T.me/toy_bob_sherlar