Get Mystery Box with random crypto!

EL AZIZ , INSON AZIZ Shodligimdan yayra dunyo, Oltin | To‘y Bob She'rlar ✔️


EL AZIZ , INSON AZIZ

Shodligimdan yayra dunyo,
Oltin toj-u, taxtim bor.
Ming tillodan ziyoda,
Baxtiyorman baxtim yor.

Yashnagan gul bo'stonda,
Bog' aziz, boĝbon aziz.
Yangi O'zbekistonda
El aziz, inson aziz.

Jannatning rayhonlari,
Iforlari taralgay,
Baxshining dostonlari,
G'ururidan yaralgay.

Gullagan gulistonda,
Dil aziz, diydor aziz.
Yangi O'zbekistonda
El aziz, inson aziz.

Behishtiy hur shaboda,
Huzur nasmi esadi.
Har qo'shiq, har navoda,
Tinchlik bazmi kezadi.

Obod qishloq, shaharda,
Gul aziz, giyoh aziz.
Yangi O'zbekistonda
El aziz, inson aziz.

Samolarga tengdir qadr,
Oqibat ham bir yonda.
Zamonamga ming shukur,
Bayram qadim Turonda.

O'zbek o'zi Xoqonda,
Din aziz, Islom aziz.
Yangi O'zbekistonda
El aziz , inson aziz.

Iqboldan yayragay dil,
Quvonar shondan yurak.
Erk libosin kiygan el,
Baxt-u, taxting muborak.

Yurtboshimiz sarbon- da,
Iymon nur, Qur'on aziz.
Yangi O'zbekistonda
El aziz, inson aziz.

MASHHURA ORIPOVA
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani 43- umumiy o'rta ta'lim maktabi MIMB targ'ibotchsi.


http://T.me/toy_bob_sherlar