Get Mystery Box with random crypto!

#festival Iloq yana barchani anʼanaviy etnografik festivalga | Toshkent viloyati hokimligi

#festival

Iloq yana barchani anʼanaviy etnografik festivalga chorladi

Koʻhna Ohangaronning Oʻrgʻozsoy kengliklarida anʼanaviy “Iloq” xalqaro etnofestivali boʻlib oʻtdi.

Bu bebaho tarixni xalqimizga, bugunning yoshlariga yetkazishda anʼanaviy "Iloq" etnografik festivalining oʻrni va ahamiyati beqiyos. Festival viloyat hokimligi, viloyat madaniyat va turizm boshqarmasi, Ohangaron tumani hokimligi, Xalqaro “Oltin meros“ xayriya jamoat fondining gʻoyasi bilan yana oʻtkazildi.

Mazkur festival qadimgi Iloq davlatining tarixiy urf-odatlari, odamlarning yashash tarzi, madaniyatidan darak berib, unda folklor ansambllar, dorbozlarning chiqishlari, teatr ustalarining badiiy mahoratlari namoyish etiladi. Konsert dasturlari, qolaversa, gastro, etno, sport turizmi imkoniyatlaridan festival mehmonlari bahramand boʻldilar.

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter