Get Mystery Box with random crypto!

#Hamkorlik ZOYIR MIRZAYEV AYNI PAYTDA XITOY XALQ RESPUBLIKASI | Toshkent viloyati hokimligi

#Hamkorlik

ZOYIR MIRZAYEV AYNI PAYTDA XITOY XALQ RESPUBLIKASIDA BOʻLIB TURIBDI

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida boʻlib turibdi.

Mazkur amaliy tashrif davomida Toshkent viloyati vakillari Sian shahrida oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma biznes forumida ishtirok etadi. Jarayonda Toshkent viloyati ham alohida koʻrgazma bilan qatnashmoqda.

Toshkent viloyatining 50 dan ortiq tadbirkorlari ishtirok etayotgan “Made in Uzbekistan” forumi doirasida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Xitoyning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Eslatib oʻtamiz, joriy yil 18−19-may kunlari Sian shahrida “Xitoy-Markaziy Osiyo” birinchi sammiti boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etishi kutilmoqda.

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter