Get Mystery Box with random crypto!

Hududlarda daftarlar bilan ishlash, ularning muammolarini oʻrg | Toshkent viloyati hokimligi



Hududlarda daftarlar bilan ishlash, ularning muammolarini oʻrganish va amaliy koʻmak berish, shuningdek, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan qisqa satrlarda tanishamiz.

Yangiyoʻl tumani. Joriy yil boshidan “Yoshlar daftari” jamgʻarmasidan 1 yarim milliarddan ortiq mablagʻ yoshlarni muammolarini hal etish uchun sarflandi.

Olmaliq shahri. Joriy yilning 17-22-may kunlari Turkiyaning Istambul shahriga bir guruh sportchilar joʻnab ketadi. Bugun shahar hokimi Qobil Xamdamov ushbu sportchilar bilan uchrashib, muhim bellashuv oldidan ezgu niyatlarini bildirdi va omad tiladi.

Oʻrta Chirchiq tumani. Tuman rahbari boshchiligida oʻtkazilgan yigʻilishda natijadorlikda koʻrsatkichi past boʻlgan mahallalar hokim yordamchilari keskin tanqid qilindi.

Toshkent tumani. Tumanning A.Navoiy mahallasi xotin-qizlar faoli F.Ahmedova tashabbusi bilan daftardagi xotin-qizlarning Samarqand shahriga sayohati uyushtirildi.

Chinoz tumani. Bugun tumandagi Respublika qiz bolalar oʻquv-tarbiya muassasasida tarbiyalanayotgan qizlar uchun “Ezgulik va mehr ulashib” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Bunda tarbiyalanuvchilarga mutaxassislar tomonidan huquqiy va psixologik maslahatlar berildi. Tadbir soʻngida kitob aksiyasi ham tashkil etildi.

DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH