Get Mystery Box with random crypto!

#befarqemasman Aqida Mamatqulova, Piskent tumani 17-sonli mak | Toshkent viloyati hokimligi

#befarqemasman

Aqida Mamatqulova, Piskent tumani 17-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi mudirasi (Toshkent viloyati):

— Men maktabgacha taʼlim tashkilotida 34 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqdaman. Yurtimizda boʻlayotgan oʻzgarishlar va samarali islohotlarga befarq emasman! Maktabgacha taʼlim sohasidagi yangiliklarni muntazam kuzatib boraman. Va shuni aytishim mumkinki, qilinayotgan islohotlar yoshlarni barkamol qilib  tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.
30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan referendumda jamoamiz va oila aʼzolarim bilan ishtirok etaman. Sizni ham befarq boʻlmaslikka chaqiraman.

Telegram Website YouTube
Instagram Facebook Twitter